bo'lgan voqeaning shunga mos fragmentlari uzib olib tasvirlangan
(ya’ni voqea to'laqonli gavdalantirilmasa) bo'lsagina voqeaband she’r
haqida gapirish mumkin bo'ladi. Masalan, A.Oripovning «Ayol»,
«Yomg'irli kun edi» she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak,
uning «Sharq hikoyasi», «Hangoma» asarlari she’riy yo'lda yozilgan
kichik hikoyatlar, ya’ni mohiyatan epik xarakterdagi asarlar sifatida
tushunilgani to'g'riroq bo'ladi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Lirik qahramon
avtopsixologik lirika
ijroviy lirika
«she ’riy asar» va «lirik asar»
turg'un she’riy shakllar
meditativ lirika
tavsifiy lirika
voqeaband lirika
1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” deb aytiladi? Lirik
qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika”
va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bering.
2. “She’riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bering. Bu atamalar
sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nega?
3. Lirik asarlarni janrlaiga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz
she’riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga ko'proq tayanilgan?
“Turg'un she’riy shakllar” atamasini tushuntirib bering. Bu xil she’riy
shakllaming yetakchiligi faqat o'zbek mumtoz adabiyotigagina xosmi?
4. hozirgi o'zbek she’riyatida qo'llanilayotgan lirik janrlarni tasniflang.
Ulaming barini ham birdek faol hisoblash mumkinmi? Nima uchun?
5.“Meditativ lirika”, “intellektual lirika”, “voqeaband lirika”, “tavsifiy
lirika”, atamalariga izoh bering. Hozirgi o'zbek she’riyatidan ulaming har
Do'stlaringiz bilan baham: |