Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


baholash natijasi o'laroq yuzaga kelgan, asarning butun to'qimasiga


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

baholash natijasi o'laroq yuzaga kelgan, asarning butun to'qimasiga 
singdirib yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya 
tragik pafos bilan, komediya satirik yoki yumoristik pafos bilan, drama 
dramatik pafos bilan yo'g'rilgan bo‘ladi. Pafos atamasini qo‘llashdagi 
ma’no turlichaligini e’tiborga olib, biz «asosiy estetik belgi» 
tushunchasini qo'llashni ma’qul ko'ramiz.
Tragediya (gr.- «echki qo'shig'i») qadimdayoq shakllangan 
dramatik janr bo'lib, genetik jihatdan u ma’bud Dionisning o'limi va 
qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo'shiqlari asosida 
yuzaga kelgan. Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik 
holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragik konflikt 
deganda mohiyatan yechimi yo'q, mavjud sharoitda hal qilib 
bo'lmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida 
kechadi. Qadimgi tragediyalarda konflikt shaxs va taqdiri azal o'rtasida 
(mas., «Shoh Edip») kechgan bo'lsa, keyinroq bu konflikt


tomonlarining ikkinchisi o‘zgardi: taqdiri azal o‘mini endi shaxsdan 
yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq 
inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma’naviy qonun-qoidalar, 
masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt 
asosida yuzaga keluvchi tragik holatning mohiyati shundaki, qahramon 
tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi, mana shu olishuv 
oqibati oiaroq chuqur ma’naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor 
bo'ladi. 0 ‘zining foje holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy 
iztiroblaru qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir. 
Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling