0
‘qitish kerak, degan masala keng qo'yilgan.
Sharq xalqlarida ham
yosh avlodni tarbiyalashda badiiy adabiyotdan keng foydalanilgan.
Shu bois ham Sharq mumtoz adabiyotida “Guliston” , “Bo'ston”,
“Qutadg'u bilik”, “Hibatul haqoyiq”, “Qobusnoma” singari didaktik
asarlar yaratilgan. T o 'g'ri, adabiyot taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi
asarlar kamayib boradi,
hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar badiiy mukammallikdan
yiroq tushadi, deb hisoblanadi. Shunga qaramay,
adabiyotning
mazkur funksiyasi hamon juda kuchli va sezilarlidir. Zero,
chinakam san’at asarida ijodkor ezgulik, go'zallik, adolat singari
umuminsoniy qadriyatlar
tomonida turib fikr yuritadiki, ayni
shu narsa badiiy adabiyotdagi tarbiyaviy funksiyaning har vaqt
mavjudligini ta ’min etadi.
Kompensatorlik funksiyasi.
Badiiy adabiyotda inson o'z hayotida
ko'rmaganini ko'radi, undan o'ziga yetishmayotgan
narsalami topadi
va shu asosda ruhiy qoniqish hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki,
badiiy asar mutolaasi davomida o'quvchi irreal olamda — badiiy
reallikda yashaydi: shu irreal olamda real hayotida ko'nglidan
kechirmagan
hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan
vaziyatlarda “yashaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: