Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Bu bo‘limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Bu bo‘limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari 
o‘rganiladi. Badiiy asami tahlil qila bilish, uning mohiyatiyu 
qimmatini o‘quvchiga yetkazib berish uchun, avvalo, uning qanday 
tarkiblanganini, uni tashkil etayotgan unsurlaming o‘zaro aloqalarini 
yorqin tasavvur etish zarurdir. Shunga ko'ra, bu bo‘limda badiiy 
asar syujeti, kompozitsiyasi, badiiy til, inson obrazini yaratish 
yo‘llari va vositalari kabi qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladi. 
Ushbu bo‘limda o‘rganiluvchi masalalar sizni badiiy asami g'oyaviy- 
badiiy jihatdan tahlil qilishga tayyorlaydi, buning uchun zarur 
nazariy bilimlar bilan qurollantiradi.
Nihoyat, kursning uchinchi bo'limida adabiy jarayon, badiiy 
adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari, adabiy tur va janrlar, uslub 
va metod tushunchalari, badiiy adabiyotdagi turli oqim va yo‘nalishlar 
haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
Kursning manbalari. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi bo'yicha 
bir qator darslik va 
qo'llanmalar 
mavjud (T.Boboyev. 
Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo'yicha o‘quv metodik qo'llanma.— 
Т.: O'qituvchi, 1979; N.Shukurov va boshq. Adabiyotshunoslikka 
kirish.—Т.: O'qituvchi, 1984) bo'lsa-da, ular sezilarli darajada eskirdi. 
Aytish kerakki, bu darsliklarning badiiy adabiyot spetsifikasiga 
bag'ishlangan boblarida (ularda adabiyotning sinfiyligi, partiyaviyligi, 
metod va sh.k. masalalar xususida so'z boradi) masala sho'ro mafkurasi 
nuqtai nazaridan qo'yilgan va o'rgatilgan bo'lib, ular hozirda mutlaqo 
eski rgan. Darsliklarning boshqa masalalarga (masalan, badiiy asar 
haqida ta’limot bo'limi) bag'ishlangan boblaridan esa tanqidiy 
yondoshgan holda foydalanish mumkin va zarurdir. Mazkur holatdan 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling