bilimlaringiz mustahkamlanadi. Boz ustiga, o‘zingizni tanqid yoki
adabiyotshunoslik bobida sinashga urinib ko'rishingiz, adabiy-tanqidiy
bahslarda ishtirok etishingiz mumkinki, bu ham yetuk mutaxassis
boMish tomon tashlangan yana bir qadam boMadi. Bu o‘rinda talaba
jur’atli boMishi lozim. Zero, sizning, yangicha sharoitda yetishgan
yoshlaming fikri adabiyotshunoslik ilmiga yangi nafas olib kirishi
mumkinki, bu yangilanayotgan adabiyotshunoslik ilmimiz uchun
ham ahamiyatlidir. Unutmaslik kerakki,
vaqtli nashrlar bilan
tanishmaslik uchun turli bahonalar topishga urinish,
mashg‘ulotlaming ko‘pligiyu iqtisodiy qiyinchiliklami ro'kach qilish
o‘zni aldashdan boshqa narsa emas. Zero, izlagan imkon topadi. Buning
ustiga, universitetlaming kutubxonalarida o‘tirib ishlash uchun sharoit
ham yetarli, ulaming fondlarida esa bo‘lg‘uvsi adabiyotshunos uchun
zarur bo‘lgan barcha vaqtli nashrlar topiladi. Bunday nashrlar
sifatida esa 0 ‘zbekistonda chop etiladigan quyidagi jumal va gazetalami
ko‘rsatish mumkin:
1. «0 ‘zbek tili va adabiyoti» jumali. Bu jumal Alisher Navoiy
nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan chop etilib, unda
o'zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligidagi eng yangi ma’lumotlar,
maqola va ilmiy axborotlar berib boriladi.
2. «Sharq yulduzi» jurnali. Yozuvchilar uyushmasining bu
jumalida yangi yozilgan adabiy asarlar, adabiy-tanqidiy maqolalar
muntazam chop etiladi.
3. «Jahon adabiyoti» jurnali orqali jahon adabiyoti va
adabiyotshunosligining sara asarlari bilan tanishib, bilim doirangizni
kengaytirib borishingiz mumkin bo‘ladi.
4. «0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» va «Yozuvchi» gazetalari
Do'stlaringiz bilan baham: |