Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

boshqa fanlar bilan aloqasi.
Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda 
o‘sha fan nimani o‘rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik 
(«adabiyot» + «shinos», ya’ni o‘rganish, yaxshi bilish + «lik») 
fanining nomidanoq uning o‘rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq- 
oshkor ko‘rinib turadi. «Adabiyot» so‘zi arabcha «adab» so‘zining 
ko‘plik shakli bo‘lib, u keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda 
qo‘llanilganda «adabiyot» so‘zi o‘qishga mo‘ljallab yozilgan va chop 
qilingan barcha asarlarni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, «adabiyot» 
so‘zi (termini) tor ma’noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so‘z 
san’atiga daxldor bo‘lgan asarlar — badiiy adabiyot tushuniladi. 
E’tiborli jihati shuki, atamaning ayni shu tarzda (tor va keng 
ma’nolarda) qo‘llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi 
«literatura» so‘ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham «litera» («harf») 
so‘zidan olingan boMib, keng ma’noda umuman chop etilgan 
mahsulotni, tor ma’noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis 
sifatida «adabiyot» so‘zining tor ma’nosini ishlatamiz va bunda badiiy 
adabiyotni nazarda tutamiz.
Demak, adabiyotshunoslikning o‘rganish sohasi — predmeti 
badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib 
chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan 
va atroflicha o‘iganadi. Adabiyotshunoslikning predmeti bo‘lmish badiiy 
adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami juda keng. Ulaming


bir qismi umumestetik (badiiy san’at sohalarining barchasiga xos) 
muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik 
muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling