Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


usul va vositalami ochib beradi (e’tiborda tutingki, adabiyotshunoslik


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

usul va vositalami ochib beradi (e’tiborda tutingki, adabiyotshunoslik 
bu ishni asrlar davomida bajarib keladi). Ya’ni adabiyotshunoslik badiiy


so‘z san’ati yutuqlarini ochib beradi va umumlashtiradi. Endi 
adabiyotshunoslikdan ozmi-ko‘pmi xabari boigan odamning va undan 
mutlaqo xabarsiz odamning badiiy ijodga qo‘l urgani yoki badiiy 
asar mutolaasiga kirishganini tasavvur qiling. Ulardan qaysi birining 
harakatlari ko‘proq samara beradi? Tabiiyki, adabiyotshunoslikdan 
xabardor kishining harakatlari samaraliroq boMadi, chunki u 
«qaytadan velosiped kashf etish»dan qutuladi. Albatta, bunda kishining 
iqtidor darajasi, tug‘ma iste’dodi ham katta ahamiyatga molik. Biroq, 
birinchidan, o ‘sha tug‘ma iste’dod degan narsa ham genlar bilan 
bogMiq, ya’ni undagi iste’dod ajdodlari to‘plagan bilimu tajribalaming 
qaymogMdir. Ikkinchi tomondan, tug‘ma iste’dodlar barmoq bilan 
sanarli, shunday ekan, adabiyotshunoslik ommaning badiiy didini 
tarbiyalashda ham, badiiy tafakkur rivojida ham sezilarli ahamiyat 
kasb etaveradi.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy adabiyotga 
taalluqli muammolami atroflicha va chuqur ilmiy o‘rganish — 
adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan ilmiy xulosa va 
umumlashmalari orqali badiiy adabiyot taraqqiysi, badiiy tafakkur 
rivojiga xizmat qilish, badiiy did tarbiyasiga ta’sir o‘tkazish uning 
maqsadidir.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon 
adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy 
sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy 
tanqid. Mazkur sohalaming har biri adabiyotshunoslikning muayyan 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling