mumkin bo'lgan barcha manbalar tushuniladi: asar qo'lyozmalari,
ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga yoki
muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va boshqalar.
Keyingi yillarda o'zbek adabiyotshunosligining manbashunoslik
bobidagi izlanishlari, ayniqsa, XX asr boshlari adabiyotini
o'rganish bilan bog'liq holda faollashdi. Qatag'on qilingan adib va
shoirlarning ijodiy merosini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga
doir hujjatlarni izlab topish borasida N .Karimov, B.Qosimov,
H.Boltaboyev, B.Do'stqorayev, R.Tojiboyev, B.Karimov,
M.Qarshiboyev kabi olimlarning izlanishlari samarali bo'lib, ular
asr boshidagi adabiy jarayon, unda faol ishtirok etgan ijodkorlar
haqidagi tasawurlarimizni boyitishga, davr adabiyotining xolis
ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi. Ma’lumki, konkret ijodkor
merosini to'laqonli tushunish va xolis baholash uchun uning hayot
yo'li haqida to'liq tasawurga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb
etadi. Ya’ni adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri —
biografik metodning to'la samara bilan ishlashi uchun konkret
ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga ega bo'lish lozim.
Afsuski, ko'plab ijodkorlarimiz haqida ma’lumot beruvchi hujjatlar
hali to'la yig'ilgan emas. Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan
qilingan ishlar (bunda marhum professor L.Qayumov xizmatlarini
alohida ta’kidlash lozim) bilangina maqtanish mumkin.
Shuningdek, Oybek, A.Qahhor singari ulkan adiblarimizning
uy-muzeylarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning sa’y-
harakati bilan ular haqidagi hujjatlar yig‘ilgan, tartiblangan. Bu
manbalar mazkur adiblarning ijodiy merosini o'rganish, qayta
Do'stlaringiz bilan baham: |