Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


M.Solihov kabi adabiyotshunoslar, H.Olimjon, Uyg‘un, K.Yashin


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

M.Solihov kabi adabiyotshunoslar, H.Olimjon, Uyg‘un, K.Yashin 
singari ijodkorlaming qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur 
rivojiga emas, balki ko‘proq chinakam so‘z san’atining zarariyu 
mustabid tuzumning hokim mafkurasiga xizmat qildi va shu bois 
ham ular bugungi kunda batamom eskirdi.
Yuqoridagicha yo‘qotishlarga qaramasdan, 
0
‘zbek adabiy 
tanqidchiligi badiiy didni tarbiyalash orqali adabiyotimiz rivojiga 
sezilarli hissa qo‘shganligini ham tan olish zarur. 0 ‘zbek 
tanqidchiligining M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, 
S.Mirvaliyev, I.G'afurov, A.Rasulov, M.Mahmudov kabi qator 
namoyandalarining chiqishlarida, garchi ular ham mafkura tazyiqidan 
to‘la forig‘ bo‘lmasa-da, adabiyotimizning dolzarb muammolari 
ko‘tarildi, ko‘plab asarlaming badiiy jozibasi ochib berildi va imkon 
qadar xolis baholandi.
Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, adabiyot 
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o‘mi 
va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi kabi masalalami 
umumiy tarzda o‘rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlami ochib 
beradi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, 
baholash mezonlari, tahlil metodlarini ishlab chiqadi, adabiy-nazariy 
tushunchalar tizimini yaratadi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi 
va adabiy tanqid materiallarini umumlashtirsa, bu ikkisi o‘z faoliyatida 
adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy 
tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har 
uchala asosiy sohalari bir-biri bilan bog‘lanadi, yaxlit bir tizim — 
adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
Mumtoz Sharq adabiyotshunosligida, jumladan o ‘zbek 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling