sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. Shunga qaramay,
matnshunoslikni filologik fanlarning alohida tarmog‘i, mustaqil bir
sohasi sifatida tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki, birinchidan,
matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari
kesishgan nuqtada kechadi; ikkinchidan, matnshunoslikning o‘zi ilmiy
izlanishlarida qator yordamchi sohalarni (paleografiya,
uslubshunoslik, arxeografiya va h.) o‘ziga xizmat qildiradi.
Adabiy matnlarni o ‘rganish va nashrga tayyorlash
matnshunoslikning vazifasidir. Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa
ifodalagan bo‘lsak-da, uning amalga oshirilishi juda katta mehnatni,
chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz boshidan
necha-necha istiloyu qatag‘onlar kechganiga qaramay, ajdodlarimizdan
bizga boy adabiy meros qolgan: minglab jildlardan iborat qoMyozmalar
xazinasiga egamiz. Biroq bu qoMyozmalaming aksariyati hali o‘iganilgan
emas, ro'yxatga olib qo'yilgani bo'yi o'z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Shuning o'zi ham matnshunoslikning og'ir, ilmning «qora mehnati»
ekanligini, uni rivojlantirish ham ilmiy, ham
ma’naviy-ma’rifiy
jihatlardan zarurligini ko'rsatadi. Adabiy matnni o'rganayotgan
matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar ko'ndalang
bo'ladi. Deylik, matnshunos muallifi nomaMum asar (matn)ga duch
keldi. Bu holda u matn muallifmi, yoshi (yozilgan, ko'chirilgan
vaqti)ni aniqlashi zarur bo'ladi. Buning uchun esa u, tabiiyki,
adabiyot tarixi, til tarixi, manbashunoslik, uslubshunoslik kabi
sohalardan yaxshi xabardor bo'lishi va ularga tayangan holda matnni
tadqiq etishi lozim bo'ladi. Yoki matnshunoslikning boshqa bir
Do'stlaringiz bilan baham: |