Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


tagma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralaming estetik qimmati haqida


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

tagma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralaming estetik qimmati haqida 
fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn tilini o'rganishga 
qaratilgan ishlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslik chegarasidagi


ishlar deb qaraladi. Biroq bunda biz chegarani aniq olishimiz kerak. 
Gap shundaki, adabiyotshunoslik tilshunoslik yutuqlariga tayanib 
tasvir vositalarining estetik tomonlarini o'rgansa, tilshunoslik til 
qonuniyatlarini o‘rganishni o'ziga maqsad qiladi. Ya’ni tilshunos 
uchun badiiy matn material bo'lsa, adabiyotshunos uchun maqsad 
sanaladi. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir 
jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot vositasi 
bo'lgan tilni o'rgansa, adabiyotshunoslik ijodkor va o'quvchi orasidagi 
badiiy muloqot vositasi bo'lgan badiiy asami o'rganadi. Muloqot 
qonuniyatlarining mushtarakligi esa adabiyotshunoslikning qator 
muammolarini til qonuniyatlari bilan qiyosan o'rganish va o'rgatish 
imkoniyatini ochadi. Adabiyotshunos o'z faoliyatida badiiy nutq 
shakllari, ritmi, intonatsiya, she’r sintaksisi, ekspressivlikni 
oshiruvchi vositalar kabi qator tushunchalarga duch keladiki, 
bularning tilshunoslik ilmidagi talqinini bilgan adabiyotshunos 
izlanishlari, albatta, samaraliroq bo'ladi. Keyingi davr 
adabiyotshunosligida paydo bo'lgan «struktural adabiyotshunoslik», 
«semiotik tahlil» kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari 
asosida yuzaga kelgandir.
Adabiyotshunoslikning tarix fani bilan ham uzviy aloqasi bor. 
Ma’lum bir davr adabiyoti yoki o'tmishda yaratilgan konkret asami 
tadqiq etayotgan adabiyot tarixchisi o'sha davr ijtimoiy-tarixiy 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling