Badiiy til tushunchasi. Badiiy til badiiy informasiya etkazish
vositasi. Badiiy tilning spesifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari.
Badiiy tilning adabiy til hamda milliy til tushunchalari bilan
munosabati.
Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy asar tili nima degan
savolga jo ‘ngina qilib: «Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda
ishlatiladigan til tushuniladi» deb yozgan edi. Tabiiy bir savol tug‘iladi:
badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til «umumxalq tili», «milliy
til», «adabiy til» atamalari bilan yuritiluvchi, biz kundalik aloqa -
aralashuvda foydalanadigan tildan boshqami, boshqa bo‘lsa nimasi
bilan farqlanadi? Bu savolga javob berish uchun har ikki til
bajarayotgan funksiyalardagi farq va mushtaraklikka diqqat qilish
zarur. Kundalik muloqotda ishlatiluvchi til ham, badiiy til ham
informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq
bu o'rinda o'sha yetkazilayotgan informatsiyaning tabiatiga diqqat
qilish zarur. Muloqot tili yetkazgan informatsiya oddiy informatsiya
bo'lsa, badiiy til badiiy informatsiyani yetkazadi, shunga ko'ra,
muloqot tili aloqa-aralashuv vositasi bo'lsa, badiiy til badiiy
muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi.
Badiiy til yetkazayotgan informatsiya qanday qilib badiiy
informatsiyaga aylanadi? Bu savolga javob berish uchun poetik tilning
spetsifik (belgilovchi) xususiyatlariga diqqat qilish zarur. Poetik tilning
o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida
obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatish lozim.
Poetik til deyilganda ko'pchilik (ayniqsa, adabiyotshunoslikdan
yiroq kishilar) go'zal tashbehu istioralar yoxud boshqa tasvir va
Do'stlaringiz bilan baham: |