Xo'sh, nima uchun bir. xil so'zlardan tarkib topgan ikki parchaning
birini badiiy tilda yozilgan deymiz-u, ikkinchisini badiiylikdan mahrum
hisoblaym iz? Gap shundaki, keyingi parchadagi gaplarni
eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsiyani tushuncha
shaklida qabul qilamiz, o ‘sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini
ham informatsiya shaklida qabul qilamiz. Endi she’rdan olingan
parchaga o ‘tsak. Sh e’rni o ‘qishni boshlaganim izda birinchi
satrdanoq o ‘quvchiga mahzunlik kayfiyati inadi, uning tasawurida
uzoq vaqt qishlog‘idan ayro yurgan, endi qishlog‘iga qaytib
mahzun kezinayotgan va hayot haqida o ‘ylarga ch o ‘mgan lirik
qahramon gavdalanadi. 0 ‘quvchi o ‘sha o ‘t bosgan yoMlarni,
ko‘milib boMgan so‘qmoqni ko‘radi, lirik qahramon bilan birga
yoki o ‘zini uning o ‘rniga qo‘ygan holda o ‘sha so‘qmoqda kezadi,
uning kechinmalarini qalbdan o ‘tkazadi. Ya’ni u yangi bir olamda
— til unsurlari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi.
Badiiy reallik esa voqelikning oddiygina aksi emas, balki uning
ijodkor qalbiyu ongida qayta yaratilgan aksi — badiiy obrazdir.
Bu obrazda esa ijod onlarida shoir qalbida kechgan his-tuyg‘ularu
o ‘y-fikrlar badiiy til vositasida muhrlandi, o ‘quvchini o ‘sha
holatga olib kiruvchi tashqi bir manzara tasvirlandi. Boshqacha
aytsak, ijodkor tasawurida yaralgan obraz badiiy so‘z vositasida
moddiylashadi, shu bois ham badiiy til obraz yaratish vositasi
sanaladi. Agar ilmiy, rasmiy va h.k. uslublarda yetkazilgan
inform atsiya tushu nch alar orqali berilsa, badiiy asarda
yetkazilayotgan informatsiya obrazli, hissiyotga yo ‘g ‘rilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |