Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


bolalik yoxud yoshlik sog'inchini, umming o'tkinchiligini o'ylashdan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

bolalik yoxud yoshlik sog'inchini, umming o'tkinchiligini o'ylashdan 
kelgan mahzunlikni ifodalaydi.
Badiiy tilning tasviriyligi nasriy (epik) asarlarda yanada yorqinroq 
namoyon bo'ladi. Lirik asarlarda tasvirlangan tashqi manzara lirik 
qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vositagina (ya’ni unda voqelikning 
shu maqsadga yetish uchun zarur fragmentlarigina qalamga olinadi) 
bo'lsa, epik asarlarda tasvirlangan badiiy voqelik o'zicha mustaqil, 
obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham epik asarlarda tasvirlangan 
ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quvchi xayolida ham jonlanadi. 
O'quvchi asar voqealari yuz berayotgan joy, qahramonlaming xatti- 
harakatlarini go'yo ko'rib turadi.
Lirik asar tilining emotsionalligi ko'proq lirik qahramonning 
konkret paytdagi (lirik asarda badiiy vaqtning juda qisqaligi, «hozir» 
bilan belgilanishini e ’tiborga olish zarur) kayfiyati, holati, 
kechinmalari bilan bog'liq bo'lsa, epik asarda emotsionallikning 
namoyon bo'lishi o'zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik 
birinchi galda tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog'liqdir.


Epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o'zgarishi barobari 
emotsionallik ham o'zgarib boradi. Buni jonliroq tasavvur qilish 
uchun « 0 ‘tgan kunlar»dan olingan bir necha parchaga diqqat 
qilaylik:
«Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishkan 
qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir 
yigit...» (Otabek)
«... uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq 
soqol, o ‘ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko‘rimsiz bir kishi...» 
(Homid)
«... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling