b o ‘rtib turgan hissiy munosabat yozuvchiga o'quvchining
qahramonlariga o'zi istagandek munosabatda bo'lishini, asarining
o'zi istagandek tushunilishini ta’minlash imkonini beradi. Demak,
epik asarda emotsional tonallik muttasil o'zgarib, tovlanib turadiki,
bu narsa mazmunning ifodalanishida ham, asarning qabul
q ilin ishid a ham muhim aham iyatga ega. Epik asardagi
emotsionallikning ikkinchi xili undagi sahna-epizodlar, dialoglar
bilan bog'liqdir. Epik asar tarkibidagi sahna-epizodlar o'quvchi
xayolida jonlanishi, qahramonlaming gap ohangi «eshitilishi»
zarur. Qahramon nutqi intonatsiyasini «eshitolgan» o'quvchi
ularning ruhiyatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlanayotgan
voqea-hodisalar, qahramonlararo munosabatlar m ohiyatini
chuqur anglaydi. Yana «O'tgan kunlar»ga murojaat qilamiz. Otabek
dushmanlaridan o'chini olib, Toshkentga jo'nagach, usta Olim
keltirgan xatlardan bor gapni anglaganlaridan so'ng Kumush
bilan otasi o'rtasida kechgan suhbatga diqqat ilaylik:
«- Shu voqi’adan so'ng kuyovingiz aniq kelganmi edi?
- Kelgan edi, qizim.
- Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu
kelishdan xabardor qilmadingiz?
- Men uning kelishini boshqa gapka yo'yib, sizlarga bildirmagan
edim...
- Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joydan
eshikingizga kelishi sizga g'arib tuyulmaganmi edi? - deb yana so'radi
Kumush.
Qutidor uyalish va o'kinish orasida:
- Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim,- deb qo‘ydi».
Ota-bola o ‘rtasidagi bu suhbat kontekstidan xabardor didli
kitobxon ulaming gap ohanglarini «eshitib», shu orqali ulaming
Do'stlaringiz bilan baham: |