Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ruhiy holati haqida tasawur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ruhiy holati haqida tasawur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak, 
Kumush ikki yillik hijronida qisman otasini ham aybli deb hisoblashi, 
shu narsa uning gap ohangidan sezilib turishini ko‘ramiz. Ayni 
paytda, otasi ham buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida 
aybdorlik, xijolat hissini tuyub turadi. Parchani shu xil tushunishga 
imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1) ta’kidni kuchaytiruvchi vositalar(shu, aniq, -mi edi; takror 
qo‘llanilayotgan «nega»), va 2) muallif izohlari. Demak, badiiy til 
unsurlari muallif izohlari bilan qo‘shilgan holda qahramonlaming 
dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur qilish va shu asosda 
ulaming ruhiyatini, kayfiyatini tushunish imkonini yaratar ekan. 
Personajlar o ‘rtasidagi dialog konkret hayotiy situatsiyada kechishi 
tufayli, birinchidan, hayotiy holatning hissiy bo‘yoqdorligi dialog 
vositasida yanada boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi 
hayotiy vaziyat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir 
predmeti bilan bog‘liq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi hissiylik) 
hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-biriga bog‘liq holda 
mavjud, ular bir-birini to‘ldiradi va birlikda asarning umumiv hissiy 
tonalligini tashkil qiladi.
Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati — 
differensatsiyalanganligiga (ya’ni, farqlangan) alohida to‘xtalish zarur. 
Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida gap badiiy 
nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum 
kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning 
farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. 
Ta’kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling