Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


— fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

— fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi 
mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkoming muayyan badiiy- 
estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi 
natijasida yuzaga keladi, ular tasviming jonli va to'laqonli bo'lishiga, 
ifodalilikning kuchayishiga xizmat qiladi.
Leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining umumxalq tili 
bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko'rinadi. Ma’lumki, 
umumxalq tilidagi so'zlar o'zining nominativ holatida ham tasviriylik 
va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. Ya’ni ijodkor ifoda va 
tasvirni so'z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so'z xazinasidan 
«so'z tanlash» hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo'ladi. 
Yozuvchining umumxalq tilida mavjud so'zlardan odatdagidan 
o'zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan 
yuz beradi:
1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug'atdagi eskirgan 
so'zlar — arxaizm va istorizmlar odatdagi so'zlashuvda ishlatilmasligi 
ma’lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini 
berish uchun juda zarur. Deylik, o'z asarida o ‘n beshinchi asr 
voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o'sha davrga xos realiyalami 
tasvirlashi lozim bo'ladi. Ya’ni o'sha davr koloritini o'sha davrga xos 
bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h.k. nomlarisiz 
to‘la tasvirlab bo'lmaydi. Ikkinchi tomondan, o'n beshinchi asr 
muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bo‘lishi, 
uning nutqida o'sha davrga xos so'zlar va so'zshakllar ishlatilishi 
obrazning ishonarli va to‘laqonli bo'lishiga xizmat qiladi.
2. Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy 
koloritini berish uchun qo'l keladi. Aytaylik, o'zbek tilida 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling