Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


kishilami - ko'pchilikni nazarda tutadi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

kishilami - ko'pchilikni nazarda tutadi.
Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo'lib, u 
teskari o'xshatishga asoslangan ko'chimdir. Masalan, A.Qodiriy Kalvak 
maxzumning badbashara qiyofasini chizib beigach, boshqa bir o'rinda 
uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning teskari ma’noda


qo‘llangani bizga ravshan. Kinoya qahramonlar tilida ham keng 
qo'llanadi. Biroq bu holda u ko'chim sifatida emas, ko'proq konkret 
hayotiy holatga, sog'lom mantiqqa yoxud so'zlovchining maqsadiga 
muvofiq kelmaydigan gap sifatida ko'rinadi. Kinoya asosidagi bu usul 
antifrazis deb yuritiladi. Antifrazis tasvir predmetiga yozuvchi 
munosabatini ifodalashda ayniqsa qo'l keladi. M.M.Do'stning «Iste’fo» 
qissasida bu usuldan keng foydalanilgan. Masalan, Binafshaxon qizini 
himoya qilib: «Qizimiz kimdan kam? O'zi husndor bo'lsa, diplomi 
yaqin qoldi, aqli odobi joyida. O'zbekcha gapirishniyam biladi...»- 
deydiki, bu muallif kinoyasi qahramon ma’naviy qiyofasini ochishda 
katta ahamiyat kasb etadi. Yoki, qahramonlardan birining «Bugun 
kayfiyatim o'nglandi. Xotingayam do'q urdim» deyishi; boshqasining 
«o'zimizdayam do'xtir ko'p, barisi ota qadrdon, porayam so'ramaydi» 
deyishlari yozuvchining qahramonga, muhitga munosabatini 
ifodalashga xizmat qiladi.
Ko'chimning yana bir turi allegoriya bo'lib, bunda mavhum 
tushunchalar konkret narsa-hodisalar orqali ifodalanadi. Badiiy 
adabiyotda allegoriyalar ko'proq an’anaviy tarzda qo'llanib, ular 
turg'un holatga kelib ulgurgan. Masalan, badiiy asarlarda «tulki» 
ayyorlik, «bo'ri» vahshiylik, «eshak» farosatsizlik, «jiblajibon» 
qo'nimsizlik, «buqalamun» tutruqsizlik kabi ko'chma ma’nolarda 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling