Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vosita-harakat aloqasi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vosita-harakat aloqasi 
asosidagi ko‘chimni ko'rgan bo'lsak, U.Azimning: «Ko'zlarini ochib- 
yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor, O'lim, 
bo'lma xaridor»,- satrlarida joy metonimiyasini ko'ramiz. Zero, 
bundagi «falak» so'zi tafakkurimizda o'rinlashgan ishonch asosida 
«yaratgan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nimani 
ko'ribsan, ey, Rim?» satrida ham joy nomi orqali unda yashovchilar 
ma’nosi ifodalanadi. Ba’zi hollarda obrazni yaratishda metafora va 
metonimiyaning qorishiq holda kelishi, birgina so'zning ham 
metonimik, ham metaforik asosdagi ko'chma ma’nolari qo'llanishi 
kuzatiladi. Shu jihatdan Sh.Rahmonning quyidagi she’riga diqqat 
qilaylik:
Xazonga aylandi kunlarim...
Motamda turganday boqaman.
Fasllar to'qnashgan lahzada 
xazonlar to'pini yoqaman.
Ko'zlarim achishar bexosdan 
yuragim, qo'llarim titraydi.
Alanga olmaydi kunlarim, 
tutaydi, oh, muncha tutaydi.
She’ming lirik qahramoni — kechmishini sarhisob qilayotgan, 
o'tgan kunlaridan qoniqmaslik tuyayotgan odam. Shoiming assosiativ 
tafakkuri «xazon»da metonimik asosda kuzni, ayni paytda uning o'zida 
metaforik asosda yana o'tgan, hayot daraxtidan go'yo uzilib tushgan 
kunlarini ko'radi. She’ming kayfiyatini his qilishda, uni tushunishda 
«xazon» yetakchi ahamiyat kasb etadi, go'yo kalit vazifasini bajaradi. 
Shunga o'xshash, X.Davronning «Qarshida deraza so'ylaydi ertak, 
Unda ikki soya - baxtiyor malul» satrlarida ham yolg'iz ayol ruhiyatini 
ochishda metonimiyadan mohirona foydalanilgan va unda ham 
metonimiya metafora bilan baqamti qo'llangan.
Tropning yana bir turi sinekdoxa bo'lib, u mohiyat e ’tibori bilan 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling