Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada kengroq


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada kengroq. 
Ma’lumki, qoming kumushga (rang o ‘xshashligi) o ‘xshatilishi ancha 
keng qo‘llanadi. Shoir shu asosda «kumush»ning yana bir 
assotsiyatsiyasini uyg‘otadi: qoming yog‘ishini «kumush tangalaming 
sochilishi»ga o ‘xshatadiki (jaranglaydi jarangsiz kumush), go‘yo 
kimdir xayri-ehson qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda «qor» 
yog‘ishi to‘kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta. 
Ko‘ramizki, qor shoiming assotsiativ fikrlashida avvalo «kumush»ni, 
keyin xalqimizning maishiy tafakkurida muqim o ‘mashgan fikmi 
uyg‘otadi. Anglashiladiki, leksik metaforaning mazmuni bir so‘z 
doirasida anglashilishi mumkin bo‘lsa, matn ichidagi metaforaning 
ma’nosi matndagi boshqa so'zlar bilan aloqada oydinlashar ekan. 
Masalan, shoir yozadi:
Eng dahshatli baqiriq — soqovning baqirig‘i.
0 ‘, qanday kuch bilan baqirar qabrtoshlar...
(X. Davron)
Albatta, bu o ‘rinda metaforaning ma’nosi turlicha tushunilishi, 
u turli o ‘quvchining ongida turlicha assotsiatsiyalami uyg‘otishi 
mumkinligi tabiiy. Parchadagi birinchi misra ikkinchisining anglanishiga 
asos bo‘ladi. «Soqovning baqirig‘i»dagi dahshatli jihat shuki, uni 
kamdan kam odam eshitadi, eshita oladi. Shunga o'xshash, qabrtoshlar


ham bizni juda ko‘p narsalardan ogoh etadi, faqat ulaming baqirig‘ini 
biz doim ham «eshitolmaymiz». Baqirig'ini yonidagi odam 
eshitmayotganini bilib turgan soqovning holatini tasavvur qilasiz- 
da, bizni ogoh etib unsiz baqirayotgan qabrtoshlar, ular ortidagi 
o ‘tganlar ruhini tasavvur etasiz. Va ayni shu nuqtada she’r dilingizni 
titratadi, boshda tushunarsizdek ko'ringan satrlar qatidagi ma’no 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling