Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


foydalanishda normadan «og‘ish» tushunchasi va uning turlari. Leksik


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

foydalanishda normadan «og‘ish» tushunchasi va uning turlari. Leksik 
sathdagi normadan og‘ish: «so‘z tanlash» asosida tasviriylik va 
ifodaviylikni kuchaytirish. Trop(ko‘chim) semantik sathdagi normadan 
og‘ish sifatida. Tropning asosiy turlari.
Badiiy tilning eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik 
va emotsionallikni ko‘rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani 
jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalami yorqin ifodalashga xizmat 
qiluvchi vositalarni umumlashtirib «badiiy tasvir va ifoda vositalari» 
deb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidek, badiiy tasvir va ifoda vositalari 
badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat 
boMmish obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi 
unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda «poetik 
vositalar», «sintaktik figuralar», «stilistik figuralar» kabi nomlar bilan 
ham yuritiladi Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning 
bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki 
badiiy adabiyot so‘z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. 
Ya’ni ko‘p hollarda bitta vositaning o‘zi ham tasvir ham ifodaga xizmat 
qiladi. Faqat lirik asarlarda qo‘llaniluvchi ayrim vositalar (mas., tovush 
takrorlari) borki, ular asosan ifodalilikni kuchaytirish vazifasini 
bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi 
umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan 
og‘adi (ya’ni til unsurlarini odatdagidan o ‘zga shakl, ma’no, tartib, 
munosabat va sh.k.larda qo‘llaydi) va shu «og‘ish»dan ma’lum badiiy- 
estetik maqsadni ko‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling