Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


adabiyotini tarixiy aspektda ko‘lamli o‘rganish, demakki, o‘zbek


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

adabiyotini tarixiy aspektda ko‘lamli o‘rganish, demakki, o‘zbek 
adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mustaqil tarmoq sifatida 
shakllanishi va rivoji XX asrga to‘g‘ri keladi. 0 ‘zbek adabiyot 
tarixchiligining shakllanishida A.Fitrat, A.Sa’diy, V.Zohidov, 
V.Abdullayev, H.Sulaymonov, G ‘.Karimov, N.Mallayev,
A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov singari olimlarning 
ulkan xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim. 0 ‘zbek adabiyoti tarixini 
o'rganish borasidagi izlanishlar hozirgi kunda ham davom ettirilayotir. 
Bugungi kun o‘tmish merosimizga munosabatni o‘zgartirishni, qator 
adabiy hodisalar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini 
yangicha ilmiy talqin qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ygani ma’lum. 
Demak, bugunda saboq olayotgan talabalami milliy adabiyotimiz 
tarixini ilmiy xolis o'rganish, yangi « 0 ‘zbek adabiyoti tarixi»ni 
yaratishdek ulkan va mashaqqatli, sharafli bir vazifa kutadi.
A dabiy tanqid
hozirgi adabiy jarayon muammolarini o‘rganish,


yangi paydo bo‘lgan asarlarni (shuningdek, o‘tmishda yaratilgan 
asarlarni ham) bugungi kun nuqtai nazaridan g‘oyaviy-badiiy tahlil 
qilish va baholashni maqsad qilib qo‘yadi. Adabiy tanqid — 
adabiyotshunoslikning operativ, joriy adabiy jarayonga bevosita 
aralashadigan sohasidir. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning boshqa 
sohalaridan bir qator jihatlari bilan ajraladiki, bu narsa uning tabiati, 
o‘ziga xos maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Adabiy tanqid o‘zida 
adabiyotshunoslik ilmi, badiiy adabiyot va publitsistikaga xos jihatlami 
uyg‘unlashtiradi. Ma’lumki, adabiy-tanqidiy asar faqat ilmiy doiralar 
uchungina emas, balki ancha keng auditoriyaga mo‘ljallab yoziladi. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling