adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining bir qator masalalari
ancha keng o‘rganilgan. Keng o‘rganilgan masalalar sirasiga ilmi
aruz(A.Navoiy, Bobur), ilmi qofiya, ilmi badia(A.Husayniy)
kabilami kiritish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, bu masalalar
adabiyotshunoslikning bir qismi — poetika doirasi bilan cheklangan
edi. Sharqda «muallimi soniy» deb ulug‘lanuvchi Forobiy esa yunon
faylasufi Arastu ta’sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash
jarayonida badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati) masalalariga e’tibor
qilgan edi. Biroq mumtoz adabiyotshunoslikda adabiyot nazariyasi
ham muayyan bir tizim holiga kelmagan, tadbiqiy xarakterdagi hodisa
edi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining alohida
tarmoq sifatida shakllanishi ham XX asrda amalga oshdi. 0 ‘zbek
adabiyotshunosligining ilk nazariyotchilari sifatida A.Fitrat,
A.Sa’diylami ko‘rsatish mumkin. Adabiyotshunosligimizning keyingi
taraqqiyoti davomida I.Sulton, N.Shukurov, L.Qayumov,
B.Sarimsoqov, B.Nazarov, T.Boboyev kabi qator nazariyotchi
olimlarning tadqiqotlari adabiy-nazariy tafakkur rivojiga sezilarli hissa
bo‘lib qo‘shildi.
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning
yuqorida sanalgan asosiy sohalari bilan bir qatorda, ulaming faoliyati
uchun zarur bo'lgan muayyan amaliy vazifalami bajarish bilan
shug'ullanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot
(bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalar ham mavjud.
M u t n J i u r i u d i k .
Matnshunoslik bobidagi ilmiy izlanishlaming oxir
natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi uchun manbaviy asos yaratib
berish bo‘lganligidan unga adabiyotshunoslikning yordamchi
Do'stlaringiz bilan baham: |