jamiyatdagi joriy holat, undagi rivojlanish
tamoyillarining badiiy
tadqiqi bunga yetarli asos beradi. M asalan, nemis adibi
L.Feyxtvangemi olaylik. Adib 1933 yilda,
Germaniyada fashistlar
diktaturasi o‘matilgach, xorijga chiqib ketgan. Ya’ni Feyxtvanger
fashistlarni hokimiyat tepasiga keltirgan shart-sharoitlarni,
siyosiy
jarayonni hamda buning natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy
holatni juda yaxshi bilgan. Yozuvchi o'zining “Soxta Neron”(1936)
romanida ayni shu jarayonlarni metaforik tarzda badiiy tadqiq etadi va
mustabid tuzumning muqarrar halokatini bashorat qiladi,
buni badiiy
asoslab beradi. Shunga o'xshash, A.Qodiriy “O'tgan kunlar”da
yurtimizning yaqin o'tmishini badiiy tahlil qilib, “qipchoq —
qorachopon” mojarolari Chor istibdodiga yo'l ochganidek,
yurtning
“q iziriar va “oq”larga bo'linishi “qizil istibdod”ga yo'l ochishini
bashorat qilgan, yurtdoshlarini bundan ogoh qilishga intilgan edi.
Estetik funksiya.
Badiiy adabiyot insonda go'zallik tuyg'usini rivojlantiradi,
badiiy didni tarbiyalaydi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Do'stlaringiz bilan baham: