Bilish (evristik) funksiyasi.
Badiiy adabiyot borliqni badiiy bilish
orqali bizning olam, odam va
jam iyat haqidagi bilim va
tasawurlarimizni boyitadi. “Adabiyot — hayot darsligi”, degan gap
faqat chiroyli ta ’rifgina emas, uning zamirida katta haqiqat yotadi.
Zero, badiiy asarlar mutolaasi davomida biz inson qalbining chuqur
puchmoqlariga kirib boramiz, uning turfa fe’l-atvori bilan tanishamiz,
insonlar orasidagi murakkab
munosabatlarni kuzatamiz, ulaming
tub sabablarini his qilamiz. Badiiy adabiyot orqali o'quvchi o'zga
insonlar tajribasi bilan o'rtoqlashadi, buning natijasi o'laroq u
hayotga, insonlarga o'zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq
tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kengayadi. Bu esa, agar inson
umrining
qisqaligi, uning umri davomida bevosita ko'rish va his qilish
imkoniyatining cheklangani e’tiborga olinsa, juda katta ahamiyatga
molikdir. Zero, badiiy asami o'qish davomida o'quvchi asar voqeligida
yashaydi, asar qahramonlarining o'ylarini ongdan, hislarini qalbdan
kechiradi.
Ehtimolki, u o'z hayoti davomida o'sha tasawurdagi olamda
ko'rgandek taqdirlarga duch kelmas, unda tasvirlangandek holatlarga
tushmas... — lekin boshqa olamda, boshqa odamlar orasida
yashagani,
ular ko'rganni ko'rgani, bilganni bilgani, his qilganni his etgani
qolaveradi. Ya’ni badiiy adabiyot bamisoli hayot ichidagi yana bir
hayot, inson qisqa umri davomida ko'proq ko'rishi, his qilishi,
anglashi
uchun
beiilgan qo'shimcha imkoniyat, aytish mumkinki, qo'shimcha
“umr”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: