Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Badiiy asarda tasvirlangan voqealar bir tizimga bog'lanar ekan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Badiiy asarda tasvirlangan voqealar bir tizimga bog'lanar ekan, 
ular orasida asosan ikki turli munosabat kuzatiladi. Syujetdagi 
voqealaming o'zaro munosabatiga ko'ra xronikali va konsentrik syujet 
turlari ajratiladi. Xronikali syujetda voqealar orasida vaqt 
munosabati(A voqea yuz berganidan so'ng В voqea yuz berdi) 
yetakchilik qilsa, konsentrik syujet voqealari orasida sabab-natija 
munosabati (A voqea yuz bergani uchun В voqea yuz berdi) 
yetakchilik qiladi. Kelib chiqishiga ko'ra xronikali syujetlar qadimiyroq 
sanaladi. Xronikali syujet qahramon taqdirini davriy izchillikda, 
uning xarakterini rivojlanishda ko'rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. 
Shu bois ham katta epik asarlarda ko'proq xronikali syujet qo'llaniladi. 
Syujetning mazkur turi epik ko'lamdorlikni ta’minlashga ham katta 
imkon yaratadi. Zero, bunda asosiy syujet bilan yondosh holda 
yordamchi syujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot 
materialini qamrab olish imkoniyatlari mavjud. Xronikali syujetda 
asarning «badiiy vaqt»i istalgancha kengaytirilishi mumkin: unda 
«parallel vaqt»da kechayotgan voqealarni tasvirlash, retrospeksiya 
usulidan — zam onda ortga qaytish usulidan foydalanish 
imkoniyatlari ancha keng. Shunindek, xronikali syujetga qurilgan 
asarga syujetdan tashqari unsurlar, m uallif mushohadalari, 
tafsilotlami tabiiy ravishda kiritish, badiiy matnga singdirib yuborish 
mumkin. Sanalgan xususiyatlarni, masalan, S.Ayniyning «Qullar», 
P.Qodirovning «Yulduzli tunlar» asarlarida kuzatish mumkin bo'ladi.
Konsentrik syujet voqealari bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi 
bilan xarakterlanadi. Xronikali syujetdan farqli ravishda, bunda 
voqealar yetakchiligi kuzatiladi. Sababi, konsentrik syujet konflikt 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling