Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Badiiy asar syujeti voqealardan, voqealar esa personajlaming


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Badiiy asar syujeti voqealardan, voqealar esa personajlaming 
xatti-harakatlari, o ‘zaro murakkab munosabatlari, ziddiyatlaridan 
tarkib topgani bois ham uni hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi 
voqealar sistemasi sifatida ta’riflanadi. Syujet bilan konflikt orasida 
ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfliktlarni 
umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syujetni 
harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko‘rinadiki, syujet va 
konflikt badiiy asarda uyg‘unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi. 
Konflikt (lat., to‘qnashuv) deganda badiiy asar personajlarining 
o ‘zaro kurashlari, qahramonning o ‘z muhiti bilan ziddiyatlari, 
shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar 
tushuniladi. Badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning 
markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida 
mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu nuqtai 
nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi:
1. Xarakterlararo konflikt.
2. Qahramon va muhit konflikti.
3. Ichki(psixologik) konflikt.
Aytish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash 
holda namoyon boMadi va o ‘zaro uzviy aloqada boMadi: biri ikkinchisiga


o ‘tadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisi orqali 
ifodalanadi va h.k. Ya’ni qahramonning muhit bilan konflikti uning 
boshqa personajlar bilan to‘qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli 
jarayonlar tasviri orqali ochib beriladi. Masalan, Cho‘lponning «Kecha 
va kunduz» romanidagi Miryoqub — o ‘z muhiti bilan ziddiyatga 
kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling