Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ham (masalan, «O'tgan kunlar» romanida Otabek bilan Kumushning


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ham (masalan, «O'tgan kunlar» romanida Otabek bilan Kumushning 
dafatan uchrashib qolishi — asarning tuguni, biroq bu voqea birinchi 
bo'lim nihoyasida bayon qilinadi) mumkin. Shunisi ham borki, ba’zi 
katta hajmli asarlar syujetida bir emas, bir nechta tugunga duch 
kelishimiz ham mumkin. Masalan, «Kecha va kunduz»da Akbaralining 
Zebiga sovchi qo'yishi bitta tugun bo'lsa, M iryoqubning 
Maryamga ishqi tushgani ikkinchi tugunni tashkil qiladi. Bundan 
anglashiladiki, asarda mavjud syujet liniyalari ba’zan o'z tuguniga ega 
bo'lishi mumkin ekan.
Tugundan keyingi voqealar zanjiri voqea rivoji deb yuritiladi. 
Odatda syujet voqealari bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 
Asardagi voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi konflikt 
benihoya kuchaygan o'mi kulminatsiya deb yuritiladi. Masalan, 
«Mehrobdan chayon»da A nvam ing xon bilan to'qnashuvi 
kulminatsion nuqta sanaladi. Ayni shu nuqtada qahramonning muhit 
bilan ziddiyati o'zining eng yuqori darajasiga ko'tariladi va o'z ifodasini 
topadi. Kulminatsiya endi asar voqealarining yechimga tomon


intilishini, bir tomonga hal bo'lishini taqozo qiladi. Yechim syujet 
voqealari rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar 
ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holatdir. Yechimda konfliktli holat, 
qahramonlar orasidagi ziddiyatlar o'zining badiiy yechimini topadi. 
Biroq buni qoida maqomida tushunmaslik lozim. Sababi, bu xil yechim 
ko'proq makon va zamonda cheklangan syujetlarga (dramatik asarlar, 
shuningdek, konsentriklik darajasi yuqori bo'lgan epik asarlar) xosdir. 
Ko'plab asarlarda esa echimdan so'ng ham ziddiyatlar, qahramonlar 
taqdiridagi chigalliklar hal qilinmaganicha qolaveradiki, bu o'quvchini 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling