Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Badiiy til tushunchasi. Badiiy til badiiy informasiya etkazish


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Badiiy til tushunchasi. Badiiy til badiiy informasiya etkazish 
vositasi. Badiiy tilning spesifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. 
Badiiy tilning adabiy til hamda milliy til tushunchalari bilan 
munosabati.
Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy asar tili nima degan 
savolga jo ‘ngina qilib: «Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda 
ishlatiladigan til tushuniladi» deb yozgan edi. Tabiiy bir savol tug‘iladi: 
badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til «umumxalq tili», «milliy 
til», «adabiy til» atamalari bilan yuritiluvchi, biz kundalik aloqa - 
aralashuvda foydalanadigan tildan boshqami, boshqa bo‘lsa nimasi 
bilan farqlanadi? Bu savolga javob berish uchun har ikki til 
bajarayotgan funksiyalardagi farq va mushtaraklikka diqqat qilish 
zarur. Kundalik muloqotda ishlatiluvchi til ham, badiiy til ham 
informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq 
bu o'rinda o'sha yetkazilayotgan informatsiyaning tabiatiga diqqat 
qilish zarur. Muloqot tili yetkazgan informatsiya oddiy informatsiya 
bo'lsa, badiiy til badiiy informatsiyani yetkazadi, shunga ko'ra, 
muloqot tili aloqa-aralashuv vositasi bo'lsa, badiiy til badiiy 
muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi.
Badiiy til yetkazayotgan informatsiya qanday qilib badiiy 
informatsiyaga aylanadi? Bu savolga javob berish uchun poetik tilning 
spetsifik (belgilovchi) xususiyatlariga diqqat qilish zarur. Poetik tilning 
o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida 
obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatish lozim.
Poetik til deyilganda ko'pchilik (ayniqsa, adabiyotshunoslikdan 
yiroq kishilar) go'zal tashbehu istioralar yoxud boshqa tasvir va



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling