Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va h.k.) ishlatilgan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va h.k.) ishlatilgan, 
bezakdor, bo'yoqdor, jimjimador tilni tushunadi. Suhbat asnosi sal 
chiroyliroq, jimjimadorroq gapirgan kishiga nisbatan ba’zan «ja-a 
badiiy qilib gapirarkanmi» qabilidagi ta’nalami eshitib qolishimiz ham 
shu xil tushunishning natijasidir. Aslida esa bu yanglish tasawurdir. 
Zero, ayrim asarlar borki, ularda bu xil vositalar ishlatilmasligi yoxud 
juda kam bo'lishi mumkin, biroq bu bilan shu asar tili badiiylikdan 
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot» she’ridan 
olingan bir parchaga e’tibor qilaylik:
Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi,
O'n yil qishlog'imdan yuribman uzoq.
Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi,
Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq.
Mazkur parchaning badiiy asardan olingani, uning badiiy tilda 
insho etilgani shubhasiz. Biroq, e’tibor berilsa, unda ishlatilgan til 
unsurlari ham biz kundalik muloqotda ishlatadigan unsurlardan farqli 
emasligi, unda badiiy vositalar ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba uchun 
shu parchada berilgan informatsiyani kundalik muloqotda ishlatiluvchi 
tilga o'girib ko'raylik va tasavvur qilingki, bu gaplami kundalik muloqot 
paytida sizga kimdir gapirmoqda: «- Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi. 
O'n yil qishlog'imdan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar 
unib, men kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi».
Ko'rib turganingizdek, biz bu yerda she’rdagi so'zlami aynan 
keltirdik, bu yerda bironta so'z o'zgartirilgani yo'q. Shartga ko'ra, 
agar o'zgartirilgan parchadagi gaplami sizga kimdir kundalik muloqotda 
aytyapti, deb faraz qilsak, bu parcha badiiylikdan mahrum bo'lgani, 
uning endi badiiy informatsiya yetkazmayotgani aniq anglashiladi. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling