bolalik yoxud yoshlik sog'inchini, umming o'tkinchiligini o'ylashdan
kelgan mahzunlikni ifodalaydi.
Badiiy tilning tasviriyligi nasriy (epik) asarlarda yanada yorqinroq
namoyon bo'ladi. Lirik asarlarda tasvirlangan tashqi manzara lirik
qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vositagina (ya’ni unda voqelikning
shu maqsadga yetish uchun zarur fragmentlarigina qalamga olinadi)
bo'lsa, epik asarlarda tasvirlangan badiiy voqelik o'zicha mustaqil,
obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham epik asarlarda tasvirlangan
ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quvchi xayolida ham jonlanadi.
O'quvchi asar voqealari yuz berayotgan joy, qahramonlaming xatti-
harakatlarini go'yo ko'rib turadi.
Lirik asar tilining emotsionalligi ko'proq lirik qahramonning
konkret paytdagi (lirik asarda badiiy vaqtning juda qisqaligi, «hozir»
bilan belgilanishini e ’tiborga olish zarur) kayfiyati, holati,
kechinmalari bilan bog'liq bo'lsa, epik asarda emotsionallikning
namoyon bo'lishi o'zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik
birinchi galda tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog'liqdir.
Epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o'zgarishi barobari
emotsionallik ham o'zgarib boradi. Buni jonliroq tasavvur qilish
uchun « 0 ‘tgan kunlar»dan olingan bir necha parchaga diqqat
qilaylik:
«Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishkan
qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir
yigit...» (Otabek)
«... uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq
soqol, o ‘ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko‘rimsiz bir kishi...»
(Homid)
«... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda
Do'stlaringiz bilan baham: |