ruhiy holati haqida tasawur hosil qilishi tabiiy. Parchaga diqqat qilsak,
Kumush ikki yillik hijronida qisman otasini ham aybli deb hisoblashi,
shu narsa uning gap ohangidan sezilib turishini ko‘ramiz. Ayni
paytda, otasi ham buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida
aybdorlik, xijolat hissini tuyub turadi. Parchani shu xil tushunishga
imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) ta’kidni kuchaytiruvchi vositalar(shu, aniq, -mi edi; takror
qo‘llanilayotgan «nega»), va 2) muallif izohlari. Demak, badiiy til
unsurlari muallif izohlari bilan qo‘shilgan holda qahramonlaming
dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur qilish va shu asosda
ulaming ruhiyatini, kayfiyatini tushunish imkonini yaratar ekan.
Personajlar o ‘rtasidagi dialog konkret hayotiy situatsiyada kechishi
tufayli, birinchidan, hayotiy holatning hissiy bo‘yoqdorligi dialog
vositasida yanada boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi
hayotiy vaziyat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir
predmeti bilan bog‘liq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi hissiylik)
hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-biriga bog‘liq holda
mavjud, ular bir-birini to‘ldiradi va birlikda asarning umumiv hissiy
tonalligini tashkil qiladi.
Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati —
differensatsiyalanganligiga (ya’ni, farqlangan) alohida to‘xtalish zarur.
Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida gap badiiy
nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum
kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning
farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik
Do'stlaringiz bilan baham: |