Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil ko'chimlami


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil ko'chimlami 
e’tiborga olishimiz kerak bo'ladi.
Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko'rinmagan, biroq 
san’atkorona o'tkir nigoh bilan ilg'angan o'xshashlik, aloqadorlik 
asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratga soladi, unga zavq bag'ishlaydi. 
Badiiy asarda eng ko'p qo'llanuvchi ko'chim turlaridan biri 
metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko'chishida narsa-hodisalar 
orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin 
o'xshatish deb atash mumkin. Yashirin o'xshatish, deb atalishiga 
sabab shuki, metaforada o'xshatilayotgan narsa tushirib qoldirilgani 
holda o'xshayotgan narsa uning ma’nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda 
o'xshatilayotgan narsalardan aynan o'xshashlik talab qilinmaydi, ikki 
narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, 
«oltin kuz», «oltin davr» birikmalarining birinchisida «rang», 
ikkinchisida «qimmat» asos uchun olingan. Keltirilgan m isol 
m etaforaning eng sodda ko'rinishlaridan b o 'lib , quyida 
o 'xsh ash lik aloqalari birm uncha murakkabroq nam oyon


b o ‘luvchi xususiy m u a llif m etaforalaridan bir nechasin i 
mushohada qilib ko'ramiz.
R.Parfining: «Suv ostida yaltiraydi tosh, Xarsanglarda sinadi 
suvlar» — satrlarida metaforaning ma’nosi ikki bosqichda namoyon 
bo‘ladi. Shoir tilimizda ancha keng qo‘llaniluvchi suvning oynaga 
o ‘xshatilishiga tayanadi (birinchi bosqich) va shu asosda suvning 
xarsangga urilib parchalanishini oynaning sinishiga o‘xshatadi (ikkinchi 
bosqich). Shoiming quyidagi:
Derazamga uriladi qor 
Jaranglaydi jarangsiz kumush,—

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling