to ‘zg‘ib, quyuq jinggila
kiprik ostidagi timqora ko‘zlari bir
nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-
qora kamon, o ‘tib ketgan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da,
nimadir bir narsadan ch o‘chigan kabi... to ‘lg‘an oydek g‘uborsiz
oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi...»
(K um ush)
« 0 ‘n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina,
o ‘rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga loyiq
tavozi’-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoniga keldi...»
(Zaynab)
Roman voqeligiga ilk bor kirib kelgan qahramonlarini
A.Qodiriy o ‘quvchisiga ayni shu yo ‘sin taqdim qiladi. Tabiiyki,
ularning har biriga nisbatan yozuvchining o ‘z hissiy munosabati
bor va tasvirda b o ‘rtib turgan bu munosabat o ‘quvchi shuuriga
singadi, uning qahramonlarga munosabatini belgilaydi. Otabek
haqida gapirganda sezilib turuvchi ichki bir hurmat, Kumush
tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi jirkanishga yaqin bir
his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya — bularning bari tasvir
predm eti o ‘zgargani barobari hissiy m unosabatning ham
mutanosib o ‘zgarishidan dalolat beradi. E’tibor bering-a, shu
parchalarning o ‘ziyoq Zaynabni Kumush bilan qiyos qilgan
kitobxonga keyingisi foydasiga hukm chiqarish im konini
bermaydimi?! Bu tasvirni o ‘qib «Zaynab — o ‘rtamiyona bir qiz,
kelinbop qiz», degan fikr uyg‘onar-u, biroq «firoqida ikki yillab
sarson-sargardon yurishga, uni deya o'limga tik borishga, nihoyat,
ko‘yidagi o ‘limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz» degan
fikr aslo kelmaydi. Ko‘rinadiki, til vositasida yaratilgan tasvirda
Do'stlaringiz bilan baham: |