Shuningdek, kutubxonalarga rus tilida chop etiladigan bir qator
adabiy-badiiy («Новый мир», «Дружба народов», «Иностранная
литература», «Нева», «Октябр) va ilmiy («Вопросы литературы»,
«Вопросы филологии») jurnallar muntazam olinadi. Bu jurnallar
mutolaasi orqali siz rus va boshqa xalqlar adabiyotlarida,
adabiyotshunoslik ilmida yuz berayotgan yangiliklar haqida yetarli
tasavvur olishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, bugungi kun
talabalarida internet tarmog'i orqali adabiyotshunoslikdagi eng so'nggi
yangiliklar bilan muntazam tanishib borish imkoniyati ham kengayib
borayotirki, bu imkoniyatdan samarali foydalanish yetuk mutaxassis
bo'lib yetishishning garovidir. Deylik, Siz yuqorida nomlari keltirilgan
rus tilidagi adabiy jurnallar bilan tanishmoqchisiz. Marhamat, “www.
magazine russ.ru” saytiga kiring-da, kerakli jumalni ochib o'qing,
zarur bo'lsa o'zingizni qiziqtiigan materiallardan nusxa ko'chirib oling.
Yoki rus tilidan yaxshi malakaga ega bo'lsangiz, “rambler ru” qidiruv
tizimiga kirib, kalit so'zlar (mas., “literaturovedeniye”, “wedeniye
v literaturovedeniye”, “uchebniki po literaturovedeniyu” va h.k.)
kiritish orqali istalgancha manba topishingiz mumkin. Intemetnning
qulayligi shundaki, qidiruvga o'zingizni qiziqtirgan masala bo'yicha
kalit so'z (mas.: “syujet”, “modemizm”, “poetika”, “poeticheskiy
sintaksis” va h.) kiritib adabiyotlar topishingiz, adabiyotshunos ijodi
bo'yicha ham yetarli ma’lumot olishingiz mumkin bo'ladi.
Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Adabiyotshunoslikning
tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi.
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning
Do'stlaringiz bilan baham: |