ya’ni metaforadagi kabi o'xshashlik yoki metonimiyadagi kabi
aloqadorlik asosidagi munosabat mavjud emas. Ya’ni «singan nay»
faqat shu kontekst doirasidagina shartli ravishda o ‘sha mazmunni
ifodalashi mumkin. Xuddi shu gap ChoMponning «Qalandar ishqi»
she’ridagi «yor», «muhabbat», «dengiz», «yulduz», «quyosh»
ramzlariga ham to‘la taalluqlidir. Zero, ular ham o ‘zlari ifodalayotgan
ramziy ma’no bilan o ‘xshashlik yoki aloqadorlik munosabatida emas,
faqat shartli ravishdagina (shartdan, kontekstdan boxabar
kishilargagina) ramziy ma’noni ifodalaydi. Shartdan, kontekstdan
bexabar o ‘quvchi uchun esa she’ming faqat bevosita mazmuni,
yuzadagi mazmunigina mavjuddir.
Badiiy tasvir va ifoda vositalari mavzusiga to‘xtalar ekanmiz, biz
mavjud vositalaming hammasini ko‘rib chiqishni maqsad qilmaganmiz.
Zero, bu vositalaming har biri alohida mashg‘ulot mavzusi bo‘lishi
mumkin. Yuqoridagi mulohazalar mazkur mavzuga kirish vazifasini
o‘tasa kifoya. Siz endi adabiyotshunoslikka oid lug‘atlar, badiiy til
xususiyatlariga oid ishlar bilan tanishish, badiiy asarlarni mutolaa
qilish jarayonida til unsurlariga jiddiy e ’tibor qilishingiz, biz
to‘xtalmagan yoki misollar keltirmagan vositalar mohiyatini mustaqil
o ‘rganishingiz va o ‘zlashtirishingiz zarur boiadi.
Tayanch so‘z va iboralar:
badiiy tasvir va ifoda
normadan og‘ish
so ‘z tanlash
k o ‘chim (trop)
metafora
metonimiya
sinekdoxa
kinoya
ramz (simvol)
majoz (allegoriya)
Savol va topshiriqlar:
1. Tildan foydalanishda “
umumodatlangan normadan og‘ish”
Do'stlaringiz bilan baham: |