Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
tazkira\arn\
ko'rsatish urf bo'lgan. Yax shi bilasiz, tazkiralarda, odatda, ijodkor haqida muxtasar ma’lumot (tavalludi, nasabi, yashash va xizmat joyi, yarat- gan asarlari kabi) zikr qilinadi-da, bitta-ikkita bayti misol qilinadi. Ya’ni tazkiranavis ilmiy 0 ‘rganishni maqsad qilmay- di, u janr nomiga mos holda «zikr qilish» bilan cheklanadi. Shuningdek, qatortarixiy (mas., Zayniddin Vosifiyning «Ba- doye ul-vaqoye» asari) va memuar (mas., «Boburnoma») asarlarda ayrim adabiy faktlar, muayyan ijodkor hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar ham qayd etilgan. Yana ayrim 1 Каранг: К,уронов Д. Ил*ом билан ёзилган асар // Жа*он адабиёти - 2009.- №5,- Б. 138-141 11 ijodkorlarning hayoti, ijodiy faoliyati yoritilgan holatiar(mas., Alisher Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari) mavjud. Shunga qaramay, bularning hammasiga adabiyot tarixi uchun manba, material deb qaralgani to‘g‘ri- roq. Negaki, mumtoz adabiyotshunoslikda milliy adabiyotni tarixiy aspektda ko'lamli o'rganish yo'lga qo‘yilmagan, ya’ni adabiyot tarixi sohasi hali shakllanmagan edi. O'zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mus- taqil tarmoq sifatida shakllana boshlashi XX asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Sohaning shakllanishi va rivojlani- shida A.Fitrat, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, V.Zohidov, V.Ab- dullayev, H.Sulaymonov, G‘.Karimov, N.Mallayev, A.Qa- yumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov singari olimlarning ulkan xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Ularning tad- qiqotlarida adabiyotimiz tarixining turli bosqichlari keng yoritildi, ko'plab yirik ijodkorlarning hayoti va faoliyati mono- grafik planda o'rganildi. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar natijasi o'laroq 1977 - 1980-yillarda milliy adabiyotimizning tarixiy yolini umumiy tarzda yorituvchi « 0 ‘zbek adabiyoti tarixi» nomli 5 jildli fundamental tadqiqot yaratildi. To‘g‘ri, unda davr bilan bog'liq holda adabiyot tarixining yoritilishi va materiallar talqinida mafkura ta’siri, bahoda biryoqlama- lik borligi shubhasiz. Shunga qaramay, asarning ahamiyati- ga ko‘z yumish ham ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo'lmaydi. Zero, jami kamchiliklari bilan ham u adabiyotimizning qariyb ming yillik tarixini bir butun holda yoritadi. Demak, kamchiliklarini bartaraf qilish-u kamlarini to'latish orqali uni mukammal- lashtirish imkoniyati yaqqol namoyon bo‘ladi. 0 ‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish borasidagi izlanishlar hozirda ham davom ettirilayotir. Mustaqillik o‘tmish adabiy merosiga munosabatni o‘zgartirishni, qator adabiy hodisa- lar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini yangicha ilmiy talqin qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Bu yo'na- lishda bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi ham. Biroq, 12 ta’kidlash kerakki, bu boradagi vazifalarning katta qismi yangicha sharoitda yetishgan adabiyotshunoslar zimmasi- ga tushadi. Demak, bugunda saboq olayotgan talabalarni ham milliy adabiyotimiz tarixini ilmiy xolis o'rganish, yangi « 0 ‘zbek adabiyoti tarixi»ni yaratishdek ulkan va mashaq- qatli, sharafli birvazifa kutadi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling