Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Manbashunoslik. 
Adabiyotshunoslikning 
yordam­
chi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyotga 
bevosita yoki bavosita aloqador bo'lgan manbalarni izlab 
topish, tasniflash, ro'yxatga olish kabi amaliy vazifalar- 
ni bajarish, shuningdek, shunday manbalarni qidirish va 
o'rganish yo'llarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Qayd 
etish kerakki, bu o'rinda «manba» so'zi keng ma’noda 
bo'lib, adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo'l kelishi 
mumkin bo'lgan barcha manbalar (asar qo'lyozmalari, 
ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga 
yoki muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va 
boshqalar)ni anglatadi. Adabiyot tarixi, ijodkor hayoti va 
faoliyatiga oid manbalar turi, hajmi xilma-xil, lekin qimma- 
ti jihatidan hech birini kamsitib bo'lmaydi. Ba’zan e’tibor- 
ga arzimaydigandek ko'rinuvchi narsa ham muhim ilmiy 
ahamiyat kasb etishi mumkin. Masalan, «Sadoyi Farg'ona» 
gazetasining 1914-yil 16-aprelida chiqqan 4-sonining bir 
burchida gugurt quti hajmicha e’lon berilgan bo'lib, unda 
gazetaning Andijondagi «obuna va e’lon qabul qiladigan 
vakili Sulaymonqul Yunus o'g'li» ekani qayd etilgan. Bitta 
son o'tkazib, gazetaning 6-sonida shu e’lon vakillar qato- 
rida «Abdulhamid Sulaymonqul o'g'li Yunusov» qo'shilgan 
holda qaytarilgan. Shu ikkita e’lon Cho'lpon «milliy yozuv­
chi bo'lish uchun otasidan qochib Toshkentga borgani»
24


to‘g‘risidagi gaplar to‘g‘ri emasligi, bu fakt sho'ro davrida 
biografiyani «o'nglash» zarurati bilan muomalaga kirib qol- 
ganini ko'rsatadi. Ko‘rib turganimizdek, kichkinagina gaze- 
ta e’loni yozuvchi shakllangan muhit haqidagi tasavvuri- 
mizni to‘g‘rilashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda o'zbek adabiyotshunoslarining man­
bashunoslik sohasidagi izlanishlari, ayniqsa, XX asr 
boshlari adabiyotini o'rganish bilan bog'liq holda faol- 
lashdi. Qatag'on qilingan adib va shoirlarning ijodiy mero- 
sini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga doir hujjatlarni 
izlab topish borasida N.Karimov, B.Qosimov, H.Boltabo- 
yev, B.Do'stqorayev, B.Karimov, R.Tojiboyev, M.Qarshi- 
boyev kabi olimlarning izlanishlari samarali bo'lib, ular 
asr boshidagi adabiy jarayon, unda faol ishtirok etgan 
ijodkorlar haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga, davr 
adabiyotining xolis ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi. 
Ma’lumki, konkret ijodkor merosini to'laqonli tushunish 
va xolis baholash uchun uning hayot yo'li haqida to'liq 
tasavvurga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ya’ni adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri
- biografik metodning to'la samara bilan ishlashi uchun 
konkret ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga 
ega bo'lish lozim. Afsuski, ko'plab ijodkorlarimiz haqi­
da ma’lumot beruvchi hujjatlar hali to'la yig'ilgan emas. 
Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan qilingan ishlar 
(bunda professor L.Qayumov xizmatlarini alohida ta ’kid- 
lash lozim) bilangina maqtanish mumkin. Shuningdek, 
Oybek, A.Qahhor singari ulkan adiblar uy-muzeylarida 
faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy xodimlarning sa’y-haraka- 
ti bilan ular haqidagi hujjatlar yig'ilgan, tartiblangan. Bu 
manbalar mazkur adiblarning ijodiy merosini o'rganish, 
qayta baholashda beqiyos ahamiyatga ega bo'ladi.
Shu o'rinda ayrim manbalarda alohida yordamchi soha 
sifatida tasniflangan muzeyshunoslik va arxivshunoslik 
haqiqatda manbashunoslikning ko'rinishlari ekanini ta’kid-
25


lash joiz. Zero, ijodkorlarning uy-muzeylaridagi faoliyatning 
asosiy yo'nalishi ham manbalarni izlab topish, tasniflash, 
ro'yxatga olish - manbashunoslik faoliyatining o'zgina- 
sidir. Shunga o'xshash, u yoki bu ijodkor, ijodiy uyushma, 
adabiy nashr va sh.k.lar arxivini tartibga solayotgan odam 
ham manbashunos sifatida faoliyat yuritayotgan bo'ladi. 
Demak, bu ikki sohani alohida ajratishga ham hech bir 
zarurat yo'q ekan.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling