Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Adabiyotshunoslikning boshqa faniar bilan aloqa-
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Adabiyotshunoslikning boshqa faniar bilan aloqa-
si. Bugungi kun kishisining tafakkur darajasi, insoniyat to- monidan to'plangan bilimlar ko'lami benihoya kengaygan. Qadimda esa faniar o'zaro ajralmagan, xususan, adabi yotshunoslik ham falsafa ichidagi bir hodisa edi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti, inson tafakkurining rivoji davomida turli faniar qatori adabiyotshunoslik ham alohida mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Blroq bu ajralishni tamomila mahdudlashish deb tushunmaslik lozim. Chunki adabiyot shunoslik fanning barcha mustaqil tarmoqlari singari bosh qa faniar bilan uzviy aloqada yashaydi, rivojlanadi. Bu xil aloqa davomida adabiyotshunoslik boshqa fanlardan ni- malarnidir oladi, ularga nimalarnidir beradi. Adabiyotshunoslikning boshqa faniar bilan aloqasi haqidagi gapni, tabiiyki, uning tilshunoslik bilan aloqasi- dan boshlash to'g'ri bo'ladi. Badiiy adabiyotning materiali so'z, adabiy asar so'zlardan tarkib topuvchi matndir. Ba diiy matn esa, ravshanki, til qonuniyatlari asosida tarkib topadi. Til qonuniyatlarini bilish matnning qurilishi, tag- ma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralarning estetik qimmati haqida fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn tilini o'rganishga qaratilgan ishlarga adabiyotshunoslik bilan tilshunoslik chegarasidagi ishlar deb qaraladi. Biroq bunda chegarani aniq olish kerak. Asosiy farq shunda- ki, adabiyotshunoslik til unsurlaridan tarkiblangan matn ning badiiyat hodisasiga ayianishini o'rgansa, tilshunoslik unda til qonuniyatlarining namoyon bo'lishini tadqiq etadi. Zero, tilshunos uchun badiiy matn til hodisasi va shun- 28 dan kelib chiqib til hodisalarini o'rganish vositasi bo‘lsa, adabiyotshunos uchun u badiiyat hodisasi, til vositasi- da yaratilgan va moddiylashgan (kodlashtirilgan) badiiy voqelikdir. Ya’ni tilshunos uchun tilni o‘rganish - maqsad, adabiyotshunos uchun esa vosita, badiiy voqelikka teran- roq kirib borish vositasidir. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot vositasi bo'lgan tilni, adabiyotshunoslik esa ijodkor va o'quvchi orasidagi badiiy muloqot vositasi bo'lgan badiiy asarni o'rganadi. Muloqot qonuniyatlari umumiy bo'lgani bois ularning orasida tipologik o'xshashliklar mavjud, bu esa adabiyotshunoslikning qator muammolarini til qonuni yatlari bilan qiyosan o'rganish va o'rgatish imkoniyatlarini ochadi. Adabiy asarning moddiy asosi matn ekan, adabi yotshunos o'z faoliyatida nutq shakli, she’r sintaksisi, ritm, intonatsiya, uslub, trap, uslubiy figuralar kabi qator tushun- chalarga duch keladiki, bularning tilshunoslikdagi talqinini bilgan adabiyotshunos izlanishlari, albatta, samaraliroq bo'ladi. Tilshunoslik bilan aloqaning tig'izligini shundan ham ko'rsa bo'ladiki, yangi zamon adabiyotshunosligida- gi «psixologik maktab», «struktural adabiyotshunoslik» singari yo'nalishlar, «semiotik tahlil», «generativ poetika» kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari asosida yuzaga kelgan. Adabiyotni jamiyatning badiiy tarixi deb atashlari bejiz emas. Zero, har qanday asar o'z davrini muayyan daraja- da aks ettirar ekan, milliy adabiyot xazinasidagi asarlarda o'sha millatning tarixiy yo'li, taqdiri aks etadi. Bu esa ada biyotshunoslikning tarix fani bilan uzviy aloqada bo'lishini zaruratga, tabiiy va qonuniy holga aylantiradi. Muayyan bir davr adabiyotini yoki o'tmishda yaratilgan asarni tadqiq etayotgan adabiyotshunos o'sha davr ijtimoiy-tarixiy ho disalarini o'rganmog'i shart. Aks holda, u o'rganilayotgan 29 davr adabiyotida kuzatilgan hodisalar mohiyatini ham, tah lil qilinayotgan asarning mazmun nozikliklarini ham to'la anglay olmaydi. Adabiyot xalqning badiiy tarixigina emas, milliy tafakkur tarixi hamdir. So'z san’atining eng qadim namunalaridan boshlab ajdodlarning olam va odam haqidagi anglamlari, fikr-qarashlari - o'ziga xos falsafasi aks etib keladiki, bu adabiyotshunoslikning falsafa fani bilan mustahkam alo- qada bo'lishini taqozo etadi. Boz ustiga, iste’dodli san’at- korlarning hammasi ham o'ziga yarasha faylasuf, zero, yaratgan asarlarida badiiy konsepsiyalarini - olam-u odam haqidagi qarashlari tizimi, boshqacha aytsak, ba diiy falsafalarini ifodalaganlar. Tabiiyki, ularning dunyoqa- rashlari muayyan falsafiy ta’limotlar ta’sirida shakllangan. Shunday ekan, ular yaratgan asarlar mazmun-mohiyatini anglash uchun adabiyotshunos o'sha falsafa asoslarini bilmog'i kerak bo'ladi. Aytaylik, islom falsafasi asoslarini, tasavvuf falsafasini bilmasdan turib mumtoz adabiyot tari xini o'rganish, undagi ko'plab asarlarni talqin qilish mahol- dir. Yoki, masalan, XX asr Yevropa adabiyoti namunalarini o'rganganda freydizm, ekzistensializm kabi ta’limotlardan xabardor bo'lish talab qilinadi. Umuman, bu masala haqidagi gapni muxtasar qilib, adabiyotshunoslik ijtimoiy-gumanitar fanlarning hamma si bilan u yoki bu darajada aloqador desak, hech mubo- lag'a bo'lmaydi. Muhimi, bu aloqadorlik zarurat maqomida. Aytaylik, so'z san’ati sifatida adabiyot san’atning umumiy qonuniyatlari asosida, boshqa san’at turlari bilan aloqada yashaydi va rivojlanadiki, bu adabiyotshunosning esteti- ka fanidan xabardor bo'lishini taqozo qiladi. Yoki asarda tasvirlangan inson ruhiyatini anglash, badiiy ijod psixologi- yasi, badiiy asarni qabul qilish jarayonining ruhiy mexa- nizmlarini yaxshi tasavvur qilishda unga psixologiya fani yutuqlari asqotadi. Xuddi shu kabi fikrlarni etnografiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi ij- 30 timoiy-gumanitar fan sohalari bilan adabiyotshunoslikning aloqasi misolida ham aytish mumkin. Bu esa adabiyot shunoslikning faniar tizimida yashashi va boshqa faniar bilan uzviy aloqada rivojlanishiga yaqqol dalildir. Shunday ekan, haqiqiy adabiyotshunos bo'lib yetishish va kasbiy salohiyatni saqlab turish uchun kishidan atroflicha keng bilim egasi bo'lish talab etiladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling