Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
ADABIY ASAR KOMPOZITSIYASI
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
179
ADABIY ASAR KOMPOZITSIYASI Badiiy asardagi shakl komponentlarini mazmunni shakl- lantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozit siya (lot. tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o'zi bo'lmaydi. Zero, har bir un sur asar butunligida o'zining funksiyasiga ega, muayyan g'oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarda ularning har biri o'z o'rnida, me’yorida ishlatilishi, butun bilan mustahkam alo qada bo'ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joy- lashtirilishi muhim. Avval aytganimizdek, yozuvchi ijod oniaridayoq o'qish jarayonini ham nazarda tutadi. Ayni shu narsa - o'qish jarayonining ijod jarayoniga ta’siri asar kompozitsiyasida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Kompozitsion jihatdan yaxshi tashkillangan asardan o'quvchi to so'nggi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o'qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan ke- chiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish unga tamomila yot bo'ladi. Bulardan ko'rinadiki, kompozitsiya asar qism- larini badiiy niyat (muayyan badiiy konsepsiyani shakllan- tirish va ifodalash, ko'zlangan g'oyaviy-estetik ta’sir) ijro- si uchun eng optimal tarzda joylashtirish, ularning o'zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish demakdir. Ya’ni kompozitsiya badiiy shakl unsuri emas, balki asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’min- laydigan, o'qilishi, uqilishi va kitobxonga g'oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, uni chinakam san’at ho- disasiga aylantiradigan amal, shu amal asoslanadigan ijodiy tamoyil ekan. Shu bois ham kompozitsiyani - asar- 180 ning qurilishida amal qilinayotgan tamoyilni nutq sathidan tortib tasavvurimizda gavdalanuvchi badiiy voqeligi qadar barcha nuqtalarida kuzata olamiz, biroq uni konkret his etib bo'lmaydi. Aytilganlardan muayyan asar badiiyati haqida so'z ketganda eng avval uning kompozitsion xususiyatlariga, ijodkor badiiy mahorati haqida so'z borganda esa kom- pozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor berilishining bejiz emasligi anglashiladi. Zero, badiiy asarda voqelik muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik - badiiy voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni - uning badiiy modeiini yaratadi, hayot mate- riali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantira- di. Shunga ko'ra, dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori ijodkor shaxsning tug'ma imkoniyatlari sirasi- da g'oyat muhim sanalib, iste’dod kuchi uning qay daraja- da ekani biian belgilanadi. Kompozitsiyaning mohiyati, funksiyasi va ahamiyati haqida qarashlar mushtarak bo‘lsa-da, uning elementlari - kompozitsion birliklar masalasida turlicha fikrlar mavjud. Jumladan, ayrim mutaxassislar asarning bitta tasvir shak- li (rivoya, tavsif, dialog, monolog, ichki monolog, maktub, lirik chekinish kabi) saqlangan qismini, boshqa birlari esa uning bitta nuqtayi nazardan tasvirlangan qismini bitta kompozitsion birlik hisoblaydilar. Shuningdek, kompozit- siyani asar nutqiy qurilishidan kelib chiqqan holda tavsif- lash yoki u haqda syujetni asos qilib olgan holda fikrlash an’anasi ham mavjud. Xullas, manbalarda o'rganilayotgan masala bo'yicha qarashlarning bir-biridan farqlanishini hamisha yodda tutish, ularni tanqidiy-qiyosiy yondashgan holda o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir. An’anaga ko'ra, badiiy shaklning uch aspekti farqlanadi: 1) asarning nutqiy qurilishi, 2) tasvirlanayotgan predmetli olam - badiiy voqelik; 3) bu ikki sath birliklarini bir-biriga o'zaro munosabatdorlikda va uyg'un muvofiqlashtirgan 181 holda joylashtirish - kompozitsiya. Ushbu an’ana ildizi antik ritorikaga borib taqaladi. Jumladan, Rim notiqligida qo'llangan inventio (nutqda taqdim etiluvchi predmetlarni yaratish), dispositio (ularni muayyan tartibda joylashtirish) va elocutio (nutqqa zeb bergan holda yorqin ifodalash) terminlari1 mos ravishda badiiy voqelik, kompozitsiya va nutqiy qurilish atamalariga mohiyatan mos keladi. Keyin- chalik, XVI - XVII asrlarda bu istilohlar G'arb poetika ilmi- ga olib kirilgan. Xullas, badiiy shaklni murakkab, ko‘p sathli hodisa sifatida tushunish, kompozitsiya - asarda shakl un- surlarini muayyan maqsadga muvofiq tarzda joylashtirish nechog'lik katta ahamiyatga egaligini anglash ancha ilgari- dan boshlangan. Yuqorida aytganimizdek, asarning nutq sathidan bosh- lab to badiiy voqeligi qadar o'z qurilishiga - kompozitsi- yasiga ega. Bu esa epik, dramatik va lirik turga mansub asarlarning kompozitsiyasi bir-biridan jiddiy farq qiladi deganidir. Shuning uchun ham ularning har biriga alohida to'xtalish kerak bo'ladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling