Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

shaxs tilidan va birinchi shaxs tilidan olib borilishi farqla- 
nadi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini (mas., «Ke- 
cha»dagi) roviy deb yuritiladi. Bu turdagi roviyning kim
191


ekani aniq ma’lum emas, faqat kimdir - uchinchi bir shaxs 
hikoya qilib berayotgani anglashiladiki, «roviy shaxs emas
- funksiya» deyilishi shundan. Yana bir muhim shart shu- 
ki, roviy tasvirlanayotgan badiiy voqelik ichida mavjud 
emas. Odatda, shaxsi aniq roviy deganda roviy-muallifv
roviy-personaj ko‘rsatiladi, ayrimlar esa muallif-personaj 
ko'rinishini ham shu siraga qo‘shadi. Avvalo, roviy istilo­
hi keng va tor ma’noda ishlatilishiga diqqat qilish lozim. 
Ya’ni keng ma’noda istiloh umuman asar voqealarini hi­
koya qilib beruvchini, tor ma’noda esa uning bir koYinishi
- kimligi mavhum uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini- 
gina anglatadi. Roviy-muallif ham xuddi roviy kabi asar ba­
diiy voqeligida mavjud emas. Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da 
roviyning kirn ekani «Men - yozuvchi...» deb boshlanuv- 
chi mashhur lirik chekinishda aniq-ravshan aytiladi, biroq 
muallifning o'zi asar voqeligida ishtirok etmaydi. Bundan 
farqli o'laroq, Sh.Xolmirzayevning «Bodom qishda gulladi» 
hikoyasi personajlaridan biri «Anavi odam yozuvchi!» deb 
tanishtirgan roviy voqeada bevosita ishtirok etadi. Shunga 
o'xshash, «Shum bola»da voqealar qissaning bosh qahra- 
moni tilidan hikoya qilinadi. Keyingi ikki holatda voqealar 
«men» tilidan beriladiki, shunga ko'ra, asarga roviy-perso­
naj yoki muallif-personaj bevosita guvohi yo ishtirokchisi 
bo'lgan voqealargina kiritilishi mumkin. Tabiiyki, bu holda 
asarning tasvir ko'iami shunga yarasha torayadi. Aksin- 
cha, rivoya uchinchi shaxs tilidan berilgan asarlarda tas­
vir ko'iami g'oyat keng - roviy «har yerda va har vaqt ho- 
zir» bo'lishga qodir, bas, turli zamon va makonlarda sodir 
bo'lgan voqealardan so'zlay biladi.
Poetikaga bag'ishlangan zamonaviy adabiyotlarda 
nuqtayi nazarning asar kompozitsiyasidagi o'miga ayricha 
ahamiyat beriladi. Shunga qaramay, hali bu tushunchaga 
ko'pchilikni qanoatlantiradigan ta’rif berilgan emas, ma­
salaga yondashuvlarda umumiy maxrajga keltirish lozim 
bo'lgan nuqtalar talaygina. Nuqtayi nazar tushunchasi,
192


sodda qilib aytsak, roviy bilan tasvirlanayotgan voqelik 
o'rtasidagi munosabat asosida yuzaga keladi. Bunda ik­
kita jihatga: 1) voqelik qaysi nuqtadan turib tasvirlanayot- 
gani; 2) tasvirlanayotgan narsalar kimning nigohi orqali 
berilayotganiga diqqat qilinadi. Birinchi jihatni tushunish 
uchun kinodagi operator ishini eslash mumkin. Ya’ni op­
erator tasvirga olish uchun makonda muayyan bir nuqtani 
egallagani kabi, roviy ham voqelikni biron-bir nuqtadan tu­
rib tasvirlaydi. Tabiiyki, bu nuqta muttasil o'zgarib turadi: 
har safar tasvir obyekti eng yorqin va g‘oyaviy-badiiy ni- 
yatga muvofiq ko'rinadigan nuqta tanlanadi. Zero, narsaga 
uzoqdan yo yaqindan, tepadan, pastdan yoki yondan, oldi 
yo ortidan nazar tashlash mumkinki, har birida u o'ziga xos 
tarzda ko'rinadi. Yana nigoh makonni bir nuqtadan turib 
va birdan qamrab ololmaydi, buning uchun u xuddi obyek­
tiv kabi bir narsadan ikkinchisiga ko'chib turishi, tinimsiz 
harakatlanishi zarur. Masalan, yana « 0 ‘tkan kunlar»ning 
boshlanishini eslaylik:
«darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an» - kame- 
ra saroydan tashqarida;
«bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar 
ila to'la» - kamera darbozadan kirib, saroyning ichki ayla- 
nasi bo'ylab tez yurib o'tdi;
«ko'b hujraiar kechlik osh pishirish ila mashg'ul... sa- 
roy jonliq... shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab kulishish- 
lari...» - endi kamera saroy hovlisini shoshmasdanroq, 
kishilar mashg'ul bo'lib turgan narsalarga bir zumdan 
diqqat qilib aylanmoqda;
«saroyning to'rida boshqalarg'a qarag'anda ko'rkamrak 
bir hujra» - umumiy plandan yirik planga o'tildi, kamera 
bitta hujraga qaratildi va unga yaqiniashib boryapti;
«bu hujrada qip-qizil gilam ... ipak va adras ko'rpalar... 
sham’ yonadir» - kamera hujraga kirdi va undagi jihozlar- 
ga bir-bir nazar tashlab o'tdi;
193


«og'ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, 
kelishgan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigi- 
na murti sabz urgan bir yigit» - kamera asosiy obyektda 
to'xtaydi va shu bilan bir kompozitsion bo'lak yakun topadi.
Ko'ramizki, nigoh tinimsiz harakatda bo'lgani uchungina 
biz makon haqida to'liq tasavvur hosil qila olamiz, xayoli- 
mizda vaqt davomiyligida cho'zilgan badiiy makon - voqea 
kechayotgan joy gavdalanadi.
Epik asarda tasvirlanganki narsa bo'lsa, kimningdir 
(ko'proq roviy) nigohi orqali ko'riladi. Deylik, yuqoridagi 
parchaning roviy nigohi orqali berilganini sezish unchalik 
qiyin emas. Shu bilan birga, voqelik personaj nigohi orqali 
berilishi ham ko‘p kuzatiladiki, nigohlarning almashinishi 
ham muhim badiiy-estetik funksiya bajaradi, o'rni bilan esa 
kompozitsion bo'lak chegarasini ham belgilaydi. Cho‘lpon- 
ning «Oydin kechalarda» hikoyasi buni kuzatish uchun 
juda qulay material beradi. Hikoyada tasvirlanayotgan vo­
qealarning kuzatuvchisi maqomida turuvchi roviy birinchi 
jumladanoq tugunni o'rtaga tashlaydi:
«Zaynab kampir bir narsadan cho'chib uyg'ondi».
O'quvchi, tabiiyki, kampir nimadan cho'chiganini bi- 
lishni istaydi, lekin buni hali kampirning o‘zi ham anglagan 
emas:
«Kampir u yoq-bu yog'iga yaxshilab qarab, oydinda 
hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolish- 
ga boshini qo'ydi». Shundan so'ng muallif nigohi kampir- 
dan uziladi-da, oppoq oydin kecha tasviriga o'tiladi: «Tuni 
bo‘yi chopishub, hurushub, yugurushub chiqg'on itlar to- 
vushi sekin-sekin yo'qola boshladi. Eshonchaning hovuz 
bo‘yidagi tollaridan turub hasrat va qayg'ularini har kecha 
o‘qiyturg‘on bulbul bugun juda erta to'xtadi. Go'riston va 
mozorlardagina bo'ladigan chuqur bir jimlik...»
0 ‘quvchida boshdayoq hosil qilingan bilish istagi yana- 
da kuchayadi: shunday osuda kechada kampirni cho'chit- 
gan, uyqusini qochirgan narsa nima bo‘ldi ekan? Roviy
194


o'zini ham ayni shu savol o'ylatayotgandek tutadi, nigohini 
kampirdan uzib, tevarak-atrofga alanglaydi: savolga javob 
izlaydi go'yo. Ya’ni roviy ham o'quvchi kabi voqealarning 
kuzatuvchisi, xolos, uning uchun ham voqealar ayni payt- 
da yuz bermoqda. Hikoyaning davomida voqelik endi ikki­
ta nigoh orqali beriladi:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling