Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

pozitsiya masalasi o'rtaga qo'yilgan bo'ladi.
Syujet haqida to'xtalganimizda syujetlilik barcha turdagi 
asarlarga xosligini, chalkashliklardan qochish uchungina 
syujetni «voqealar tizimi», ya’ni ko'proq epik va drama­
tik asarlarga xos hodisa deb tushunishimizni aytdik. Dar- 
haqiqat, lirik asarda voqealar tizimi yo'q, biroq bir-biriga 
bog'liq o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji mavjudki, ushbu 
harakatning ham boshlanishi, rivojlanishi va yakuni bor. 
Aslida, shuning o'zi «lirik syujet» atamasini qo'llashga 
asos, biroq, yana qaytaramiz, chalkashliklardan qochish 
uchun uning o'miga tematik kompozitsiya atamasi qo'lla- 
nadi.
Albatta, tematik kompozitsiyada syujet unsurlari (eks­
pozitsiya, tugun va b.)ni izlash o'rinsiz, bunda o'sha uch 
asosiy nuqta: boshlanma, o'y-fikr va his-kechinmalar rivoji 
hamda yakun mavjud.
Lirik asarda boshlanma vazifasini yo ilk misra, yo ilk 
qo'shmisra, yo ilk band bajarishi mumkin. Odatda, bosh­
lanma o'quvchini she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan 
tayyorlashga xizmat qiladi. Yuqorida esa ayni shu vazifani 
she’r sarlavhasi, o'rni bilan janr qaydi va epigraf ham baja­
rishi mumkinligini ko’rib o'tdik. Ayon bo'ladiki, sarlavha (janr
225


qaydi, epigraf)li she’rlar bilan sarlavha (janr qaydi, epigraf) 
siz she’rlardagi boshlanma bir xil emas. Agar birinchi holda 
sarlavha (janr qaydi, epigraf) bilan ilk misra (qo'shmisra 
yoki band) birlikda boshlanmani tashkil qilsa, ikkinchisida 
u ilk misra (qo'shmisra yoki band)dangina iboratdir. Ma­
salan, A.Oripovning «Hayronlik» nomli she’ri «Chindan 
g‘alat erur dunyo ishlari» misrasi bilan boshlanadi. Shu ikki 
unsur boshlanma o'laroq o'quvchini she’rni qabul qilishga
- dunyoning turfa ishlariga hayron o'tayotgan lirik qahra­
mon kechinmalarini ko'ngildan kechirishga hozirlaydi. Sar­
lavha o'rniga uchta yulduzcha qo'yilgan she’rda ilk misra
- «Chuvaladi 
o 'yla rim
sensiz» - boshlanma, uni o'qiboq 
o'quvchi qalbi hijronda xayoli parishon oshiq holati, iztirob- 
larini qabul qilishga sozlanadi. Shuningdek, boshlanmasi 
sarlavha (janr qaydi, epigraf)dangina iborat she’rlar ham 
uchrab turadi. Jumladan, «Tunislik bola» she’rida. Bu hol­
da she’rdagi ilk misra (qo'shmisra, band) boshlanma funk- 
siyalarini o'zidan butkul soqit etgan:
Afsus, razolatga botdi bu ochun,
Aybni yaratganga to'nkamoq nechun?
Senga o ‘t qo‘ydilar bir ermak uchun,
Rimga nega keiding, tunislik bola?
Ya’ni ilk misradan boshlaboq bevosita lirik qahramon- 
ning hodisaga munosabati ifodalanmoqda, chunki, yuqo­
rida ko'rib o'tganimizdek, sarlavha bilan epigraf boshlanma 
zimmasidagi vazifalarni ortig'i bilan uddalab bo'lgan -
o'quvchi she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyor.
Lirik asardagi his-kechinma, o'y-fikrning rivojlantirib bo- 
rilishi tematik kompozitsiya o‘zagini tashkil qiladi. Buning 
eng sodda ko'rinishi qo'yilgan masalaning mantiqiy izchil- 
likda rivojlantirib borilishi bo'lib, u har qanday nutqda yo 
inshoda amal qilinuvchi tartibda voqelanadi: muammo 
qo‘yiladi - muhokama qilinadi - xulosa chiqariladi. Ko'rib
226


turganimizdek, mazkur uchlik yuqorida aytganimiz bosh- 
lanma - o ‘y-fikr va his-kechinmalar rivoji - yakun uchligi 
bilan ustma-ust tushadi. Odatda, bunday kompozitsiya 
ko'proq falsafiy va publitsistik lirika namunalariga xosdir. 
Masalan, A.Oripovning «Omad haqida» nomli she’ri:
Omad degan narsa dunyoda bor gap,
Bu yerda har qanday xurofot bekor.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling