Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Ko'zlaring tong yulduzi.
Sen chindan ham go'zalsan,
Huzuringga keldim bot.
221


Yolboraman, tush pastga,
Yolboraman, parizod...
E’tibor berilsa, buni odatdagi ma’shuqa madhiga ba­
g'ishlangan she’r deyishga mone bo'luvchi nuqta borligi- 
ni ko'rish qiyin emas: oshig'i huzuriga qaytalab kelsa-da, 
yorning tepadan tushmasligi, bir xildek turaverishi. Gap 
shundaki, ayni shu g'ayritabiiy holning tabiiy qabul qilinishi- 
ni sarlavha ta’minlashi iozim: «Noma’lum qiz» suratiga...» 
She’rdagi kechinmaiar boisi - XIX asrda yashagan rus 
rassomi I.Kramskoyning «Noma’lum qiz» portreti. Sho'ro 
zamonida bu asar keng ommalashgan bo'lib, reproduksi- 
yalari madaniy tarbiya vositasi o'laroq ko'p joylarda osib 
qo'yilguchi edi. Ya’ni davr o'quvchilari sarlavhani o'qiboq 
ko'z oldiga o'sha portretni keltirib, shu asosda she’rdagi 
kechinmalarni his qila olar edi.
Lirik asarlarda janr qaydi nisbatan kam uchraydi. Janr 
qayd etilgan she’rlarga e’tibor qilinsa, ularda qaysidir 
ma’nodagi odatdan tashqarilik borligini ko'rish qiyin emas. 
Deylik, milliy she’riyatimiz uchun noodatiy janrda yozilgan 
she’rlar sarlavhasi ostida elegiya, epitafiya, epigramma, 
rondo, rondel, xokku, tanka kabi qaydlarni ko'p uchrata- 
miz. Ba’zan esa she’r janrini manzara (peyzaj), noktyurn, 
natyurmort, triptix, avtoportret kabi rassomlik san’ati janrlari 
nomi bilan qayd etadilar. Har ikki holda ham qaydlar o'quv­
chi qiziqishini kuchaytiruvchi omil: bu atamalar ma’nosini 
bilmaganlar bilib olish niyatida, bilganlar esa da’voning 
qay darajada asosliligini tekshirish uchun diqqat qiladilar. 
Ya’ni keyingilarda estetik kutuv konkretlashish hisobiga 
yanada kuchayadi. Ayrim hollarda shoir o‘zi yaratgan lirik 
she’rni tamom yangicha, o'ziga xos hodisa o'laroq ang- 
laydi, shuni ta’kidlash ehtiyojini his qiladi. Shu tariqa «qa- 
yirma» (A.Suyun), «ignabarg», «uchchanoq» (A.Obidjon), 
«fiqra» (F.Afro'z) kabi janr nomlari qayd etiladi. Albatta, bu 
shoir qayd etsayoq yangi janr paydo bo'lib qoladi degani
222


emas, biroq shu orqali o'quvchi va mutaxassislar diqqa- 
tining jalb etilishi ham shubhasiz.1 Ba’zan esa, aksincha, 
asari janrning an’anaviy talablariga to'la javob bermasligi- 
ni his etganidan shoir «g'azal yo'lida», «g'azalnamo», 
«ruboiyona» singari qaydlari bilan uzrxohlik qiladi, «aybga 
buyurmaysiz, buyam bir havas, mehrdan-da» demoqchi 
bo'ladi go'yo. Hozirgi o'zbek she’riyatida sarlavha ostida 
«hazil» so'zi qayd etilgan she’rlar juda keng tarqalganki, 
bunda ham eng awal uzrxohlik funksiyasi mavjud. Ya’ni 
she’r shunchaki kulgi uchun yozilmagan - zamirida jiddiy 
ma’no yotibdi, asli, faqat shuni kishiga malol keltirmay yet- 
kazmoqchi, xolos. Xullas, janrning qayd etilishiga befarq 
qaramaslik lozim, chunki har bir konkret holatda u ham 
muayyan badiiy-estetik yoki badiiy-kommunikativ funksiya 
bajaradi.
Epigraf badiiy jihatdan samarali va ijod amaliyotida 
ancha.keng tarqalgan ramka unsurlaridandir. Mohiyatan 
epigraf ham ko'chirma bo'lib, o'quvchi ommaga tanish va 
e’tiborli manbalar (xalq og'zaki ijodidan, mashhur ada­
biy asarlar, atoqli shaxslarning so'zlari va b.)dan olingan 
gaplarni sarlavhadan keyin keltirishdan iboratdir. Mumtoz 
she’riyatimizda epigraf qo'llash odati bo'lmagan, bu narsa 
yangi o'zbek adabiyotida urfga kirdi. Jumladan, Cho'lpon 
o'zining «Yong'in» nomli she’riga gazeta xabarini epigraf 
qilib olgan: «Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q. Go'dak- 
lar nayza boshida...» Avvalo, epigraf qilib olingan so'zlar 
o‘z vaqtida ko'pchilikning hislarini junbishga keltirgan: 
xabar 1921-yil bahor-yoz mavsumida Onado'lidagi yunon 
qo'shinlarining xunrezliklari haqida. Aynan epigraf, she’r- 
ning yozilgan yili va so'nggi misrada yangragan «Madani- 
yat» istagiga qondimi?» degan alamli xitob she’r Onado'li 
voqealariga bag'ishlanganini anglatib turadi. Ikkinchi to­
mondan, she’rda aks etgan voqelik o'xshashlik asosida
1 Каранг: Йулчиев К;. Поэтик олам сирлари. - Тошкент: Akademnashr, 2012.
- Б.96.
223


shoirning o'z yurtida kechib turgan voqea-hodisalarga 
ham aloqador. Garchi qo'limizdagi ma’lumotlarga ko'ra, 
she’r ilk bor 1923-yilda, «Buloqlar» to'plamida chop qilin­
gan bo‘lsa-da, undagi o‘tkir publitsistik ruh yozilgan payti- 
yoq e’lon qilishni taqozo etayotganini ko'rish qiyin emas. 
Shunday bo‘lsa, epigrafning asosiy vazifasi shoirning 
o‘xshashlik asosida o'z yurti sho‘rishlari haqida aytganla- 
rini pardalab, she’rning sho'ro matbuotida chop etilishiga 
imkon yaratishdan iborat. To'plamdagi vazifasiga kelsak, 
bunda epigraf o‘quvchiga ikki yil avvaigi voqealarni es- 
latish orqali she’rni, undagi his-kechinmalarni tushunishga 
zamin hoziriaydi.
Shunga o'xshash, A.Oripovning «Tunislik bola» she’ri- 
ga «Rimda Tunisdan ish axtarib kelgan bir o'spirin ustidan 
benzin quyib yoqib yubordilar» degan ma’lumot epigraf 
qilib olingan. Televideniye orqali ko‘rsatilgan ushbu vo­
qea dunyo ahli qatori shoirni ham larzaga solgan, she’r
- shu voqea tug'dirgan kechinmalar ifodasi. Yuz bermish 
dahshatli hodisa epigrafdagina eslatiladi, qolgani esa 
sof munosabat: mazlumga achinish, zolimga, har qan­
day ko'rinishdagi irqchilikka nafrat, G‘arb tamaddunining 
«uchinchi dunyo»ga asl munosabatini fosh etish, olam-u 
odamning istiqboli tashvishi. Xullas, bir butun kechinma
- qalbning ekranda o'sha dahshatli hodisani ko’rib turgan 
onlardagi surati, shu qadar ohorli, samimiy va shiddatli- 
ki, o'quvchi qalbini larzaga soladi. Epigraf tufayli asosiy 
matnni voqeaga oid tafsilotlardan tamom xoli qilishga im­
kon tug'ildi, natijada bamisoli kuldan tozalanib, yallig'lana 
boshlagan cho'g'ning o'zi - iztirobda o'rtangan qalb qol- 
di. Ko'ramizki, epigraf nafaqat asarning yozilish sababini 
izohlash-u lirik qahramon kechinmalarini asoslashga, baiki 
she’rning publitsistik ruhini kuchaytirish, ta’sir kuchini oshi- 
rishga ham xizmat qiladi.
Sarlavha bilan epigraf, shuningdek, she’rdagi ilk va oxir- 
gi misra Qumla), qofiya va takrorlar matnning kuchli pozitsi-
224


yalari hisoblanadi. Sababi, matnning ayni shu nuqtalarida 
mazmun kuchaytirilgan, his-kechinma quyuqlashtirilgan 
holda ifoda etiladi. Dastlabki ikki unsur haqida yuqorida 
aytganlarimiz, bizningcha, ularda bu jihatni ko'rish uchun 
kifoya qiladi. Shuning uchun gapni ularga bevosita aloqa- 
dor ilk misra masalasidan boshlayverish mumkin. Yuqori­
da aksariyat she’rlarning nomlanmasligini aytdik, epigrafli 
she’rlar nisbati ham u qadar katta emas. Shuni hisobga 
olib ilk misra bilan oxirgi misra eng avval ramka unsurlari 
sifatida tasniflanadi. Zero, sarlavhasiz she’rlarda aynan ilk 
misra bilan oxirgi misra (agar yozilgan sana va joy qay- 
di bo'lmasa) matn chegarasi - ramkasini belgilaydi. Biroq 
ular haqida gap boshlanishi hamono, aslida, tematik kom­

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling