Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Hozir sen she’rimni turibsan tinglab,
Demak, sen - hayotsan, omad senga yor.
Boshqacha qismat ham mavjud-ku, axir,
Baloyi qazodan asrasin zinhor.
Men senga she’r o'qib turibman hozir,
Demak, men - hayotman, omad menga yor.
Qolgan o'rtadagi gaplarni endi 
Nima deb atasang, senda ixtiyor.
Falakda hattoki quyosh bekindi,
Bizlar barhayotmiz, omad bizga yor!
She’rning ilk qo'shmisra (boshlanma)sida «omad - bor 
narsa, u asio xurofot emas - real mavjud» degan da’vo 
o'rtaga tashlanmoqda. Keyingi qo'shmisrada esa ayni 
da’vo isbotiga birinchi dalil keltirilyapti. Ikkinchi banddagi 
birinchi qo'shmisra «boshqacha qismat ham mavjud»ligini 
eslatish bilan dalilni quvvatlantirsa, keyingi qo'shmisrada 
«temirni qizig'ida bos» qabilida ikkinchi dalil keltirilyap­
ti. Oxirgi bandning ilk qo'shmisrasida keltirilgan dalillar- 
dan boshqa barchasi bekor ekani ta’kidlangach, so'nggi 
qo'shmisrada yakun yasalmoqdaki, undan tiriklikning o'zi 
omad, zero, omadni inson o‘zi yaratadi degan xulosa kelib 
chiqadi.
Ko'rib turganimizdek, she’rning tematik kompozitsiyasi 
anchayin sodda ekan. Biroq falsafiy lirika namunalarining
227


qurilishi sodda, hamisha «muammo qo'yish - muhoka­
ma qilish - xulosalash» qolipida bo'ladi deb o‘ylash xato 
bo'lur edi. Negaki, konkret she’rda ushbu qolip tarkibi to‘liq 
bo'lmagan holda yoki teskari tartibda qo‘llanishi ham, turli 
badiiy vositalar biian murakkablashtirilishi ham mumkin. 
Masalan, «Nisbiylik» she’rida:
1 Juda yaxshi! - deymiz mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
2 0 ‘ylab ko'rganmizmi hech biror marta,
Kimmiz o'zimiz?
3 Juda yomon! - deymiz mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
4 O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta,
Xo'sh, kim o'zimiz?
5 Kimgadir yoqamiz biz o'zimiz ham,
Kimgadir yoqmaymiz biz ham o'zimiz.
6 Shunaqa charxpalak ekan bu olam,
Demak, nisbiy erur har bir so'zimiz.
Avvalo, she’rda muammo qo'yilgani yo'q, sarlavha 
(boshlanma)da mavzu belgilandi, xolos. Ya’ni bun­
da yuqorida ko'rganimiz qolipning faqat ikkita uzvi bor: 
«muhokama qilish - xulosalash». Ikkinchi tomoni, birinchi 
band tarkibidagi qo'shmisralar (1-2) ham, ikkinchi band 
tarkibidagi qo'shmisralar (3-4) ham o'zaro zidlanadi, shu- 
ningdek, bu ikkala band ham o'zaro kontrast munosabat- 
da. Beshinchi qo'shmisraning birinchi misrasi uchinchi 
qo'shmisraga, ikkinchisi esa birinchi qo'shmisraga zidla­
nadi, shuningdek, ushbu misralar o'zaro ham zidlik hosil
228


qiladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda she’rda biz bilgan 
oddiy qolip zidlantirishlar hisobiga murakkablashtirilgan. 
«Iltimos» she’ri esa teskari tartibda qurilgan: uning birin­
chi bandi - qo'yilgan masala yuzasidan chiqarilgan xulo- 
sa, ya’ni tematik kompozitsiya nuqtayi nazaridan yakun. 
Modomiki avval xulosa berilgan ekan, o'y-fikrlar rivoji ham 
mohiyatan o'sha xulosaning tafsiri, izohiga aylanadi. De­
mak, sodda deyilgani bilan, tematik kompozitsiyaning bu 
ko'rinishi turli variantlarda voqelanishi mumkin ekan.
Tematik kompozitsiyaning keng tarqalgan yana bir 
ko'rinishida o'y-fikrlar va his-kechinmalar ikkita tematik 
obraz qiyosi asosida amalga oshadi. Aksariyat hollarda 
lirik tema qiyoslanayotgan obrazlar orasidagi o'xshashlik 
asosida rivojlantiriladi. Masalan, A.Oripovning quyidagi 
sarlavhasiz she’rlaridan birida kuzatilgani kabi:
Me’mor umr bo‘yi hafsala ila 
Go‘zal bir imorat ayladi bunyod.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling