Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi,
O'n yil qishlog'imdan yuribman uzoq.
Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi,
Ko'miiib bo‘libdi men kezgan so'qmoq.
E’tibor berilsa, bandda qo'llangan til unsurlari kundalik 
muloqotda qo'llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda 
turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba 
uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko'rinishiga kelti- 
ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'im- 
dan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men 
kezgan so'qmoq ko'miiib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek, 
so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so'z o'zgartirilgani 
yo'q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo­
qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha- 
ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat-
242


siya yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo'sh, nima 
uchun bir xil so'zlardan tarkib topgan ikki nutqiy bo'lakning 
birini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiylikdan mahrum 
deb hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar- 
ni eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsi- 
yani ham, o'sha odamning ayni paytdagi his-tuyg'ularini ham 
tushuncha shaklida qabul qilamiz. Aksincha, she’rning ilk 
bandini o'qishni boshlashi bilanoq o'quvchi diliga mahzun- 
lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishlog'idan o'n 
yillarayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi­
da mahzun o'ylarga cho'mgan kishi kechinmalarini ko'ngli- 
dan bir-bir kechira boshlaydi. O'quvchi o'sha o't bosgan 
yo'llarni, ko'milib bo'lgan so'qmoqni ko'radi, lirik qahramon 
bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha 
so'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur­
lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy 
reallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki 
uning*ijodkor qalbi-yu ongida qayta yaratilgan aksi - badiiy 
obrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan 
his-tuyg'ular-u o'y-fikrlar ham, uni o'sha holatga olib kirgan 
voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks 
etgan. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan 
obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in- 
formatsiya obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgan informatsiyadir. 
Demak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari obrazlilik 
(tasviriylik) va emotsionallik ekan.
Tahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi 
lirik asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon 
bo'lishini ko'rsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik 
parchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita 
(ya’ni unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur 
fragmentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi 
badiiy voqelik o'z holicha ham estetik qimmat kasb etadi- 
gan, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham 
epik asarlardagi ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quv-
243


salqinini «his qiladi», choqqina hovli, kichkina sahn, sigir 
sog'ayotgan ayol va sahnni supurib turgan qizga bir-bir 
«nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa- 
ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li 
tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u 
bilan birga «bir seskanib oladi».
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy 
nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u istioralar yoxud boshqa 
tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.) 
ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima- 
dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik 
lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq 
hali jonli so'zlashuvga yaqinlashmagan davriarda bel- 
gilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil 
vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham 
juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan 
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot» 
she’ri ilk bandini olaylik:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling