Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
236
BADIIY NUTQ Badiiy nutq tushunchasi. Istilohlar haqida. Badiiy nutq badiiy informatsiya yetkazish vositasi. Badiiy nutqning spetsifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. Badiiy nutqning adabiy til hamda milliy til tushunchaiari bilan munosabati. Adabiyotshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «badiiy adabiyot tili», «badiiy asar tili», «badiiy nutq», «poetik nutq» kabi atamalar juda faol va ko‘pincha bir-birining o'mida, ya’ni sinonim o'laroq qo'llanib keladi. Xususan, o‘quv ada- biyotlarida shu kabi terminologik anarxiya holati yaqqol ko‘zga tashlanadi.1 Holbuki, aslida, terminlarning qaysi birini qo‘llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunos- lik nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bog'liq bolishi lozim.2 Mavjud holat esa, albatta, muayyan noqulayliklar 1 Jumladan, o'zbek tilidagi manbalarda. I.Sulton «badiiy asarning tili» tushun- chasini markazga qo'ygan holda u bilan bir qatorda «badiiy til» va «poetik til» atamalarini ham ishlatadi, «Badiiy adabiyot asarining tili bir-biridan sezilarli farq etadigan ikki bo'lakdan - avtor (muallif) nutqi va personajlar nutqidan iboratdir» (207-6.) deb biladi (Адабиёт назарияси. - Тошкент, 1986. - Б.203 - 230); T.Boboyevda ham «badiiy asar tili» tushunchasi markaziy o'rin tutgan holda «adabiy asar tili», «badiiy til», «poetik til» atamalari sinonim o'laroq ishlatilgan. Shuningdek, «muallif, hikoyachi va personaj tili», «muallif nutqi», «personaj nutqi» atamalari ham qo'llangan (Адабиётшунослик асослари. - Тошкент, 2002. - Б.156 - 170); H.Umurov masalani «badiiy nutq» tarzida qo‘ygan holda an’anaga muvofiq «badiiy til» va «poetik til» atamalarini unga sinonim o'laroq ishlatadi (Адабиётшунослик на зарияси. - Тошкент, 2004. - Б. 142 - 157); biz ham «badiiy asar tili» tushunchasini asosga qo'ygan holda «badiiy tii» va «poetik til» atamalarini unga sinonim sifatida qo'llaganmiz (Куронов Д. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент, 2004. - Б.114 - 123). Shu bilan birga, «Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida, gap badiiy nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi» (120-6.) deya ta'kidlaganmiz ham. Ya’ni keyingi ikki holda murosa yo'li tutilganini sezish qiyin emas. 2 Каранг: Теория литературы. В 2-х т. Т.1. / под ред. Н.Д.Тамарченко. - М.: Академия, 2004. - С. 124 - 138. 237 keltirib chiqarishi tabiiy, shu bois awal ayni masalani oydin- lashtirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Avvalo, an’anaviy ravishda «badiiy til» («poetik til») ata- masini faol qo'llab kelayotganimiz holda, u anglatadigan tushunchaning g'oyat mavhum ekanini ta’kidlash lozim. Yirik rus olimi G.O.Vinokur umrining so'nggi yilida yozilgan «Poetik til tushunchasi» nomli maqolasida badiiy asar tili haqidagi mulohazalarini jo'ngina qilib «Poetik til deganda eng avval badiiy asarlar (yozish)da ishlatiladigan til tu- shunilishi mumkin» degan jumla bilan boshlagan edi.1 Ta biiy savol tug'iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til «umumxalq tili», «milliy til», «adabiy til» atamalari bilan yu- ritiluvchi, biz kuridalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan tildan boshqa narsami? Yo'q, albatta, badiiy asarlar yozish da ham «umumxalq tili» yoki «milliy til» deb ataluvchi tildan foydalaniladi, ma’lum darajada «adabiy til» me’yorlariga amal qilinadi. Demak, bu jihatdan qaralsa, «badiiy til»ning mavjudligi shubha ostida qoladi. Ikkinchi tomondan, milliy tildan foydalanib asar yaratildi degani nutq hodisasi amal ga oshdi va yozuvda muhrlandi deganidir. Ya’ni bu holda ham «badiiy til» haqida gapirishga asos yo'q, bas, endi Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling