Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi,
O'n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq.
Men yurgan yo'llarda o ‘tlar unibdi,
Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq.
E’tibor berilsa, bandda qo'llangan til unsurlari kundalik 
muloqotda qo'llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda 
turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba 
uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko'rinishiga kelti- 
ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'im- 
dan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men 
kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek, 
so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so'z o'zgartirilgani 
yo'q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo­
qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha- 
ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat-
242


иуа yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo'sh, nima 
uchun bir xil so'zlardan tarkib topgan ikki nutqiy bo'lakning 
I hi 
ini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiyiikdan mahrum 
dob hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar- 
ni eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsi- 
yani ham, o'sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini ham 
lushuncha shaklida qabul qilamiz. Aksincha, she’rning ilk 
bandini o'qishni boshlashi bilanoq o'quvchi diliga mahzun- 
lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishlog'idan o‘n 
yillar ayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi- 
da rnahzun o‘ylarga cho‘mgan kishi kechinmalarini ko'ngli- 
yo llarni, ko'miiib bo'lgan so'qmoqni ko'radi, lirik qahramon 
bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha 
f.o'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur­
lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy 
mallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki 
uning obrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan 
lii:.-tuyg‘ular-u o'y-fikrlar ham, uni o'sha holatga olib kirgan 
voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks 
nkian. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan 
obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in­
i' xrnatsiya obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgar> informatsiyadir. 
I )omak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari obrazlilik 
(lasviriylik) va emotsionallik ekan.
lahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi 
link asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon 
ho'iishini ko'rsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik 
piirchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita 
(y.’i iii unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur 
ii.ximentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi 
h.idiiy voqelik o‘z holicha ham estetik qimmat kasb etadi- 
gnn, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham 
*plk asarlardagi ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan voqelik o'quv-
243


chi xayolida ham jonlanadi, endi uni «ko‘rish», «eshitish» 
yoxud boshqa sezgilar yordamida «his qilish» mumkin.
Yuqorida ko'rganimizdek, badiiy nutq ham biz kunda- 
lik muloqotda ishlatib yurganimiz odatiy so'zlardan tarkib 
topadi. So'zning bevosita, odatiy ma’nosi badiiy asar 
matnida yangidan yangi qirralarini namoyon qiladi, uning 
ma’no sig'imi benihoya kengayadiki, buni badiiy asarda 
tasvirlangan xususiy faktdan katta bir badiiy umumlash- 
ma kelib chiqishiga o'xshatsa bo'ladi. Bunga amin bo'lish 
uchun kundalik muloqotda aytilgan «Men kezgan so'qmoq 
ko'milib bo'libdi» jumlasi bilan misolga olingan she’rda- 
gi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri yetka­
zayotgan informatsiyani qiyoslab ko'rish mumkin. Birinchi 
holda konkret so'qmoq, o'sha so'qmoqni odam yurmay 
qo'yganidan o't bosib ketgani nazarda tutilayotgani, ya’ni 
tinglovchi informatsiyani faqat o'z ma’nosida qabul qilayot- 
gani ravshan. Xuddi shu so'zlardan tarkiblangan satr esa 
ma’no sig'imi, o'quvchi xayolida qo'zg'ayotgan assotsiativ 
ma’nolar jihatidan benihoya keng. Chunki bu satr badiiy 
matn ichida keladi, baski, u butunning qismiga aylangan, 
demak, ma’no ottenkalari va hissiy bo'yog'i ham butun bi­
lan bog'liq holda namoyon bo'ladi. Shu bois ham «ko'milib 
bo'lgan so'qmoq» lirik qahramon uchun (she’r ruhiga kira 
bilgan, o'zini lirik qahramon o'rniga qo'ya olgan she’rxon 
uchun ham) oddiygina so'qmoq emas. She’rdagi «Ko'milib 
bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri lirik qahramon xayoli­
da o'sha so'qmoq bilan bog'liq olis xotiralarni jonlantiradi, 
ko'nglida nish urgan beg'uborva betashvish bolalig-u zan- 
gor yoshlik sog'inchini, umrning o'tkinchiligini o'ylashdan 
kelgan mahzunlikni ifodalovchi obrazga aylanadi.
Lirik asarda nutqning emotsionalligi ko'proq lirik qahra­
monning konkret paytdagi (bu turga mansub asarda badiiy 
vaqtning juda qisqaligi, «hozir» bilan belgilanishini e’tibor- 
ga olish zarur) kayfiyati, holati, kechinmalari bilan bog'liq 
bo'lsa, epik asarda emotsionallikning namoyon bo'lishi
244


o'zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik, birinchi 
galda, tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog liqdir. 
Ya’ni epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o'zga- 
rishi barobari emotsionallik ham shunga mos o'zgarib bora­
di. Buni jonliroq tasavvur qilish uchun «O'tkan kunlar»dan 
olingan bir necha parchaga diqqat qilaylik:
«Og'irtabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko'rkam oq yuzlik, kelish- 
kan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti 
sabz urgan biryigit...» (Otabek)
«... uzun bo‘ylik, qora cho'tir yuzlik, chag'ir ko'zlik, chu- 
voq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko'rimsiz bir ki­
shi...» (Homid)
«... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig'a tartibsiz su- 
ratda to‘zg‘ib, quyuq jingila kiprik ostidagi timqora ko‘zlari 
bir nuqtag'a tikilganda nimadir bir narsani ko'rgan kabi... 
qop-qora kamon, o'tib ketgan nafis, qiyig' qoshlari chimiril- 
ganda nimadir bir narsadan cho'chigan kabi... to'lg'an oy- 
dek g'uborsiz oq yuzi biroz qizilliqg'a aylanganda kimdan- 
dir uyalg'an kabi...» (Kumush)
«O'n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, 
o'rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga 
loyiq tavoze-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoni- 
ga keldi...» (Zaynab)
A.Qodiriy roman personajlarini o'quvchisiga ilk bor ayni 
shu yo'sin taqdim qilganki, ularning har biriga yozuvchining 
o'z emotsional munosabati borligini ko'rish qiyin emas. 
Tasvirda bo'rtib turgan bu narsa o'quvchi shuuriga singadi 
va uning personajlarga munosabatini belgilaydi. Yozuv­
chi Otabek haqida gapirganida sezilib turadigan ichki bir 
hurmat, Kumush tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi 
jirkanishga yaqin bir his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya
- bularning bari tasvir predmeti o'zgarishi barobarida his­
siy munosabatning ham mutanosib o'zgarishidan dalolat 
beradi. E’tibor bering-a, shu parchalarning o'ziyoq Zay- 
nabni Kumush bilan qiyos qilgan kitobxonga keyingisi foy-
245


dasiga hukm chiqarish imkonini bermaydimi?! Bu tasvirni 
o‘qib «Zaynab - o'rtamiyona bir qiz, kelinbop qiz» degan 
fikr uyg‘onar-u, biroq «firoqida ikki yillab sarson-sargardon 
yurishga, uni deya o‘limga tik borishga, nihoyat, ko'yidagi 
o‘limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz» degan 
fikr aslo kelmaydi. Ko'rinadiki, badiiy nutq orqali voqela- 
nuvchi tasvirda bo'rtib turgan hissiy munosabat yozuvchi- 
ga qahramonlariga o'quvchisining o‘zi istagandek muno- 
sabatda bo'lishini, asarining o‘zi istagandek tushunilishini 
ta’minlash imkonini beradi. Demak, epik asarda emotsio­
nal tonallikning muttasil o'zgarib, tovlanib turishi ko‘zda 
tutilgan mazmunning ifodalanishida ham, asarning qabul 
qilinishida ham muhim ahamiyatga ega.
Epik asardagi emotsionallikning ikkinchi xili undagi 
sahna-epizodlar, dialoglar bilan bogTiqdir. Epik asar tar- 
kibidagi sahna-epizodlar o'quvchi xayolida jonlanishi, per­
sonajiarning gap ohangi «eshitilishi» zarur. Personajlar 
nutqi intonatsiyasini «eshitolgan» o'quvchi ularning ruhi- 
yatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlangan voqea-ho- 
disalar, personajlararo munosabatlar mohiyatini chuqur 
anglaydi. Yana «O'tkan kunlar»ga murojaat qilamiz. Ota­
bek dushmanlaridan o'chini olib Toshkentga jo'nagach, 
usta Alim keltirib bergan xatlardan bor gapni anglaganlari- 
dan so'ng, Kumush bilan otasi o'rtasida kechgan suhbatga 
diqqat qilaylik:
«... Shu voqeadan so'ng kuyavingiz aniq kelganmi edi?
- Kelgan edi, qizim.
- Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal, 
oyimni bu kelishdan xabardor qilmadingiz?
- Men uning kelishini boshqa gapka yo'yib, sizlarga 
bildirmagan edim...
- Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joy- 
dan eshikingizga kelishi sizga g'arib tuyulmaganmi edi? -
deb yana so'radi Kumush.
Qutidor uyalish va o'kinish orasida:
246


- Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, - deb qo'ydi».
Ota-bola o'rtasida kechgan ushbu suhbat kontekstidan 
xabardor didli kitobxon ularning gap ohanglarini «eshitib», 
shu orqali ruhiy holatlari haqida tasavvur hosil qilishi tabiiy. 
Parchaga diqqat qilsak, Kumush ikki yillik hijronida qisman 
otasini ham aybli deb hisoblayotgani, shu narsa uning gap 
ohangidan sezilib turganini ko‘ramiz. Ayni paytda, otasi ham 
buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida aybdorlik, 
xijolat hissini tuyib turadi. Mazkur parchani shu yo‘sin tu- 
shunishga imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilar- 
ni ko'rsatish mumkin: 1) ta’kidni kuchaytiruvchi vosita- 
lar (shu, aniq, -mi edi; takror qo'llanilayotgan «nega» 
so‘rog‘i); 2) muallif izohlari («deb yana so'radi Ku­
mush»; «uyalish va o'kinish orasida... deb qo'ydi»). De­
mak, til unsurlari muallif izohlari bilan qo'shilgan holda qah- 
ramonlarning dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur 
qilish va shu asosda ularning ruhiyatini, kayfiyatini tushu­
nish imkonini yaratar ekan. Personajlar o'rtasidagi dialog 
konkret hayotiy situatsiyada kechishi tufayli, birinchidan, ha- 
yotiy holatning hissiy bo'yoqdorligi dialog vositasida yana- 
da boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi hayotiy 
holat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir 
predmeti bilan bog‘liq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi 
hissiylik) hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-bi- 
riga bog'liq holda mavjud, ular bir-birini to'ldiradi va birlikda 
asarning umumiy hissiy tonalligini tashkil qiladi.
Badiiy nutqning yana bir muhim jihati - differensiatsi- 
yalanganlik (ya’ni farqlanganlik)ka ham alohida to'xtalish 
zarur. Farqlanganlik shuki, badiiy asarda muallif nutqi va 
qahramonlar nutqi yaqqol ajraladi. Ta’kidlash kerakki, bu 
tarzdagi farqlanish ko'proq epik asarlarga xosdir. Epik 
xarakterdagi asarlarning aksariyatida voqea, voqea kecha- 
yotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan 
ta’rif, muallif mushohadalari kabilar bevosita muallif tilidan 
beriladi. Xuddi muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy
247


voqelik unsurlarini yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo'lga- 
nidek, muallif nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashti­
ruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asardagi boshqa 
personajlar nutqi, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizrnga
- badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan 
adabiy til me’yorlariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til 
me’yorlariga to'la muvofiq bo'lishini talab qilish xato bo'lur 
edi. Zero, yozuvchi badiiy voqelikni to'laqonli tasvirlash, 
o'zining his-kechinmalarini, o'y-hislarini imkon qadaryorqin 
ifodalashga harakat qilarkan, milliy til imkoniyatlarini ken- 
gaytirish zaruratini sezadi, bu boradagi izlanishlari ba’zan 
adabiy til me’yorlaridan chekinishga ham olib kelishi mum­
kin. Ayni shu chekinishlar vaqti kelib adabiy til me’yoriga 
aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas.
Personajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy 
asar tilidagi differensiatsiyalanganlikni yanada orttiradi. 
Chunki asardagi har bir personajning nutqi uning xarak­
ter xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma’naviy qiyo­
fasi, madaniy-ma’rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo'li­
shi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon 
xarakterini yaratishning asosiy vositalaridan biri personaj 
nutqi sanaladi. Zero, asardagi har bir personaj o'zining 
yoshi, jinsi, ijtimoiy qatlamga mansubligi, fe’l-sajiyasi, 
madaniy-ma’rifiy saviyasi kabilarga muvofiq gapiradi, de­
mak, nutqi bilan o'zini tavsiflaydi.
Muallif nutqi bilan personaj nutqi orasidan badiiy nutq­
ning yana bir shakli - o'ziniki bo‘Imagan muallif nutqi'1
joy 
oladi. Oraliq hodisa ekanligi uchun ham unda personaj 
nutqi muallif gapi shaklida ifoda etiladi. Aytish kerakki, 
zamonaviy o'zbek nasrida nutqning mazkur shakli ancha 
keng tarqalgan. Undan ko'pincha personaj o'y-musho-
1 Ushbu termin rus adabiyotshunosligida keng qo'llanuvchi «nesobst- 
venno-avtorskaya rech» istiiohini kalka usuiida o’girib hosil qilingan. Rus 
adabiyotshunosligida unga sinonim sifatida yana «nesobstvenno-ргуатауа rech» 
termini ham ishlatiladi.
248


hadalari, ruhiyatida kechayotgan jarayonlarni tasvirlash 
uchun samarali foydalanlladi. Masalan, «Kecha»da dar- 
parda ortidan otasi mingboshidan sovchilar kelgani haqida 
onasiga aytgan gaplarni eshitgan Zebi ruhiyatida kechgan 
jarayon ayni shu nutq shaklida beriladi. Qizning xayolidan 
avval qishloqda ko'rgan-eshitgan mingboshi bilan bog'liq 
ma’lumotlar, so'ng aravadagi voqea tafsilotlari, uylariga 
Saltanatning onasi kelib ketgach, o'z onasining rahmi kel- 
ganday qarayotgani - hammasi yashin tezllgida (bamiso- 
li filmni ayovsiz qaychilab, faqat eng zarur qadrlari qay­
ta montaj qilingan kabi) bir-bir o'tadi. Har holda, sanash 
ohangida ketma-ket berilgan qisqa jumlalar o'quvchida 
shunday taassurot qoldiradi: «Mingboshining darangla- 
gan uylari... Sertakalluf ziyofatlar... Bir-biri bilan bu qadar 
inoq bo'lib ko'ringan kundoshlar... Sultonxonning birdani- 
ga oradan yo'q bo'lib qolishi...» Avvalo, matnda bu gaplar- 
ning qo'shtirnoqsiz, muallif nutqi shaklida berilgani, so'ng 
bu ZSbi ongida kechayotgan o'ylov jarayoni ekani, ayni 
damda, qizning miyasida yuzaga kelgan holatning sabab 
va oqibatlari o'ta katta tezlikda mushohada qilinayotgani- 
ni ta’kidlash lozim. Bu esa Cho'lpon qahramonining ayni 
damdagi holatini haqqoniy aks ettirish uchun eng maq- 
bul shaklni topa bilganidan dalolat. O'quvchi shu gaplar 
ortidanoq matnda aks etmagan, biroq Zebining xayolida 
chaqnagan «Bejiz emas ekan-da!» degan o'yni uqib ola- 
diki, bu ham parchada haqiqatan o'ylov jarayoni aks ettiril- 
ganiga dalolat qiladi. Mazkur ruhiy holatni aks ettiruvchi 
parchaning davomi yanada o'ziga xos: «Oh, shu topda 
Saltanatxon bo'lsaydi! Shu sirlarni ochib berib, buning 
ko'nglini tinchlatarmidikin? Balki, bu sirlarni u ham bil- 
mas?.. Bilsa aravada aytmasmidi? Yo'l bo'yi gaplashib 
kelib hech narsa demadi-ku. Yo yashirarmikin? Yashirsa, 
uning do'stligi qayerda qoldi? Bunaqa odam do'st bo'lar- 
midi, qalay!» To'g'ri, bundagi birinchi jumla aynan Zebiga 
tegishlidek ko'rinadi. Lekin ikkinchi jumladagi «buning»
249


(ya’ni Zebining) olmoshi gap uchinchi shaxs - muallifga 
tegishli ekaniga dalolat qiladi. Ayni chog'da, bu gap Zebi 
ko'nglidagi «Oh, shu topda Saltanatxon bo'lsaydi! Shu 
sirlarni ochib berib, ko'nglimni tinchiatarmidikin?» tarzidagi 
istakning ifodasi ekani ham shubhasiz. Shuningdek, par- 
cha oxirida qo'llangan «qalay» kirish so'zi ham gapning 
Zebiga tegishli ekanlni ko‘rsatadi. Zero, bu so‘z Razzoq 
so‘fi nutqida parazit so‘z darajasida ko‘p qo'llanadi, Qur- 
vonbibi nutqida ancha fao! - o'quvchi Zebi nutqida oilaviy 
an’ana davom etayotganini yaqqol ko'radi, ya’ni «qalay» 
so‘zi nutq egasiga ishora vazifasini ham o'taydi.
Adabiyotshunoslikda nutq subyektlari sonidan ke­
lib chiqqan holda badiiy nutqning monologik va dialogik1 
shakllari ham farqlanadi. Agar monologik nutq deganda 
bir kishining (kimdir birov yoki o'ziga murojaat shaklidagi) 
nutqi tushunilsa, dialogik nutq ikki yoki undan ortiq perso­
naj orasidagi muloqotda voqe bo'ladi. Lirik asarlarda mo­
nologik, dramatik asarlarda dialogik nutq ustuvorlik qilsa, 
epik asarlarda ular qorishiq holda namoyon bo'ladi. Albat- 
ta, mazkur nutq shakllari adabiy turlarni farqlashda hozirda 
ham muhim, qadim yunon faylasufi Platon talqinida esa 
ular turlarning belgilovchi xususiyati sanalgan.
Shu o'rinda badiiy nutqning «ichki nutq» deb ataluvchi 
shakliga ham to'xtalib o'tish zarur. Tabiiyki, agar «ichki 
nutq» bor ekan, unga zid o'laroq «tashqi nutq»ning ham 
mavjud bo'lishi taqozo etiladi. Har ikki istilohning ham 
shartli ekanini ta’kidlagan holda «tashqi nutq» jarang top- 
gan, ya’ni tovushlarda moddiylashgan nutqni, «ichki nutq» 
esa moddiylashmagan, ya’ni faqat kishi botinidagina kech- 
gan nutq («o'ylov»)ni anglatishini aytish kerak. Badiiy ada- 
biyotda personaj ruhiyatini ochib berish, uning ongida
1 Nutqiy muloqotda ikkidan ortiq subyekt ishtirok etsa, «polilog» istilohini qo'l­
lash amaliyoti ham bor. Biroq adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan bu istilohga 
zarurat yo'q, «dialog» termini ostida ikki va undan ortiq subyekt ishtirok etgan 
nutqiy muloqottushunilaveradi.
250


kechayotgan o'ylov-mushohada jarayonlarini tasvirlash 
maqsadida «ichki nutq»dan keng foydalaniladi. Masalan, 
personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va ichi- 
dagina kechuvchi nutqi - ichki monolog badiiy psixolo- 
gizmning asosiy shakllaridan sanaladi. Odatda, epik asar­
larda ichki monolog ko‘chirma gap shaklida - qo'shtirnoq 
ichida beriladi va zarur darajada remarkalar («deb o'yla- 
di», «xayolidan o'tkazdi u» va b.) bilan ta’minlanadi. Albat­
ta, ichki monolog shartli ravishdagina ongda kechayotgan 
o‘ylov (his etish) jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin, 
chunki, aslida, o‘ylov jarayoni ichki monologlarda tasvir­
langan kabi batartib, izchil kechmaydi. Dramatik asarlarda- 
gi aksariyat monologlar mohiyatan ichki monolog, faqat 
ularda «ikki karra shartlilik» kuzatiladi. Chunki dramada- 
gi monolog moddiylashadi - talaffuz etiladi, lekin perso­
najning sahnada yolg‘izligi va nutqi uning o'ziga qaratilgani 
bu gaplarni haqiqatda voqe bo'lmagan, balki uning ongi­
da kechgan jarayon imitatsiyasi deb qabul qilishni taqozo 
etadi. Shunga o'xshash, sahnadagi personajning boshqa 
personajlar bilan muloqot chog'ida «chetga» gapirishi ham 
shartli ravishda «ichki nutq» deb qabul qilinadi. Shuning- 
dek, badiiy adabiyotda «ichki nutq»ning dialogik shaklidan 
ham foydalaniladi. Odatda, bu holda personajning xayo- 
lan kim bilandir bahs-munozarasini yo ruhiyatidagi ikkiga 
ajralish - o'z-o'zi bilan kurashini tasvirlash orqali holat dra- 
matiklashtiriladi. Masalan, «Kecha» romanidagi Miryoqub 
ongida kechgan o'z-o'zini taftish qilish jarayoni uning «ter- 
govchi» (o'zini «biz» deya taqdim etgan sud hay’ati) bilan 
dialoglari orqali tasvirlanadi. Matnda salmoqli o'rin egallov- 
chi bu «ichki dialog» asar konsepsiyasini ifodalashda juda 
katta ahamiyat kasb etadi.
Ritmik tashkillanishi jihatidan ham badiiy nutqning ikki­
ta: sochma (nasr) va tizma (nazm) shakllari mavjud. Nasriy 
nutq ritmik jihatdan ma’lum darajada amaliy nutqqa yaqin 
bo'lsa, she’riy nutq muayyan bir o'lchov asosida tartibga
251


solingan ritmiklikka ega, hissiy to'yintirilgan nutq sanaladi. 
Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shak- 
li hisoblanadi. Shu bilan birga, she’riy yo‘lda ham epik va 
dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak. 
Shunga o'xshash, she’riy nutq lirik asarlarning asosiy nutq 
shakli bo‘lgani holda, nasrda yozilgan lirik asarlar ham 
mavjud.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling