Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
m a’nosi aktuallashadi. Ya’ni badiiy nutq tarkibida so'z
o'zining asliga - obrazli tabiatiga qaytadi, yana ham to‘g'rirog‘i, so'zning mazkur azaliy xususiyati badiiy nutq tarkibida to'laqonli namoyon bo'ladi. Nominativ-tasviriy ma’nosi aktuallashgan so'zlarning semantik va grammatik bog'lanishi natijasida badiiy obraz - konkret-hissiy idrok etish (ko'rish, eshitish va b.) mumkin bo'lgan voqelik parchasi paydo bo'ladi. Diqqat qilinsa, buni istalgan badiiy matnda, masalan, quyidagi she’riy parcha misolida kuzatish mumkin: Xona sovuq. Xontaxta uzra Bo‘m-bo‘sh shisha. Unda oy aksi Va burchakda turibdi muzlab Oq bo‘zdagi g ‘a mg in qiz rasmi. Keltirganimiz - X.Davron qalamiga mansub «San’at» she’rining ilk bandi. Avvalo, bandni o'qiganda tasavvurimiz- da jonlanuvchi obrazni tutib turgan tayanch so'zlarni ajra- tib olish darkor: «xona», «xontaxta», «shisha», «burchak», «oy aksi» va «oq bo'zdagi qiz rasmi». She’rni o'qish jarayo- nida sanalgan so'zlar (bundagi ikkita so'z birikmasi ham atash nuqtayi nazaridan so'zga teng)ning nominativ-tas- viriy ma’nosi aktuallashadi: tasavvurimizda ayni so'zlar or- tidagi narsalar navbatma-navbat aks etadi-da, pirovardida tugal manzara jonlanadi. Shoirning musavvirona nigohi «shishaga tushib turgan oy aksi»ni ko'radi - rassom qaro tunni bedor o'tkazayotganiga she’rda boshqa bironta isho- ra yo'q, biroq shuning o'ziyoq o'quvchiga san’atkor ijodiy to'lg'oqda ekanini anglatadi. Xona burchagida turgan «oq bo'zdagi g'amgin qiz rasmi» esa bu anglamni quvvatlay- di. Zero, bu o'rinda gap molbertdagi - hali butkul tugallan- magan surat haqida bormoqda, ya’ni ijod jarayoni davom etmoqda, ifoda imkonlari izlanmoqda. Matndagi «sovuq», «bo'm-bo'sh», «muzlab turmoq», «g'amgin» so'zlari esa 256 tasavvurdagi manzarani birmuncha aniqlashtirsa ham, ko'proq unga emotsional bo'yoq berishga xizmat qiladi. Avvalo, «sovuq» so'zini faqat xona harorati ma’nosida tushunmaslik kerak, she’rda u ijodkor xalqiga xos faqiro- na turmush ramziga aylanadi. Shunga o'xshash, «bo'm- bo‘sh» sifati ijodiy jarayondagi qalb qiynoqlariga ishora qilsa, molbertdagi qizning «g‘amgin»ligi bunga yo'qotish iztiroblarini qorishtiradi. Xullas, ijod jarayoni kechayot- ganini aks ettiruvchi obraz so'zlarning nominativ-tasviriy ma’nosi asosida yuzaga kelmoqda. Boshqacha aytsak, bu o'rinda yangi ma’no hosil qilingani yo‘q, so'zlarning mavjud ma’nosi «o'stirilmoqda». So'zning tasvir imkoniyatlari juda keng, faqat ularning ro'yobga chiqish darajasi bevosita ijodkor mahoratiga, aniqrog'i, undagi estetik nigohning nechog'lik o'tkirligiga bog‘liq. Ya’ni olamni musavvirona nigoh bilan ko'rish iqti- doriga ega shoir yo adibgina ko'rganlarini so'z vositasida tasvirl^shga imkon qidiradi, o'z navbatida, uning ijodiy izlanishlari so'zning tasvir imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, yozuvchi Isajon Sulton asarlarini o'qiganda un dagi iste’dodning ayni shu qirrasi yaqqol ko'zga tashlana- di. Bunga amin bo'lish uchun «Ozod» romanidan olingan quyidagi parchaga e’tibor qiling: «So'qmoq o'ydim-chuqur, aravaning g'ildiragi o't-o'lanlarni ezib-yanchib o'tgan, iziga yomg'ir suvi to'planib, sarg'ish-qizg'imtir tus oigan, shu sath oynasida ham osmonning va ko'lmak chetidagi tuproq uyumining bir qismi aks etardi». Ko'rib turibmizki, muallif oyoq ostiga - ko'pda e’tibor ham berilmaydigan narsalar- ga bamisoli durbin orqali nigoh tashlaydi. Shu bois ham parchani o'qiganda yirik planda olingan kinolentani tomo- sha qilayotgandek taassurot qoladi kishida. Bunga qanday erishiladi? Yuqorida aytdikki, avval «ko'ra olish» kerak, shundan so'nggina ko'rilganni tasvirlash imkoniyatlari qidi- riladi. So'z bilan tasvirlash jarayonidagi eng muhim ikkita nuqtani ta’kidlash lozim: so‘zlarni tanlash va ularni joy- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling