Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

ojiz qolurmen (ya’ni men ojiz, Sizning qo'lingizdan keladi) 
deydi. Shu gaplardan so‘ng Husayn Boyqaroning: «Maz- 
muni qanday bo‘lmog‘i kerak?» - deb so'rashida fikr shu 
yo‘sin ifodalanganining ta’siri juda katta. Javoban yana 
o‘sha yo'sinda Navoiy aytadiki: «Shul mazmundakim, far­
moni o//yning har bir so'zi ko'ngillarga quyoshdek hayot 
bag'ishlagay. Har bir nuqtasida, qatorida daryo pinhon 
bo'lgani kabi, sizning daryoyi adolatingiz jilvalanganday. 
Yana u farmonda shunday so'zlar bo'lmog'i kerakkim, ular 
zolim, munofiq amaldorlar, ulus molini g'asb etuvchilar 
boshiga sangboron bo'lib yog'ilgay». Ko'rib turganimizdek, 
Navoiyning bu so'zlarida avvalgi gapidagi fikrlar yanada 
kuchaytirib ifodalanadi, bunday vaziyatda adolatli podshoh 
farmoni mazmunan qanday bo'lishi kerakligi saroy odobi 
doirasida uqtiriladi. E’tibor berilsa, bunda tarixiy so'zlar 
(ulus, g'asb etuvchilar, sangboron)ni qo'llash bilan birga 
faol iste’moldagi so'zlarning davr uslubiga mos tarzda 
(farmoni oiiy, daryoyi adolatingiz) bog'langani, so'zlarning 
eskirgan shakllari («kim» bog'lovchisi, «shul» olmoshi), 
eski so'zshakllar (bag'ishlagay, yog'ilgay) ham muhimligini 
ko'rish qiyin emas.
Tahlillardan ayon bo'lyaptiki, tarixiy so'zlar va mor- 
fologik birliklar tasvirlanayotgan davr kishilari nutqini asliga 
monand qayta yaratish vositasi sifatida o'quvchi tasavvu­
rida o'tmishning to'laqonli va haqqoniy manzaralarini jon- 
lantirishda muhim ahamiyat kasb etar ekan. Shuningdek, 
ko'rib o'tilgan misollar badiiy nutq tasvir vositasigina emas, 
ayni paytda, tasvir predmeti ham ekanligini yorqin namo­
yon etadi.
Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar badiiy 
asarda joy koloritini berish uchun ishlatiladi. O'zbek tili- 
da so'zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy
264


xususiyatlar bilan bir qatorda o‘sha hudud kishilarigagi- 
na xos bo‘lgan jihatlar (urf-odatlar, tasavvurlar, aqidalar, 
narsa-buyumlar va b.) ham mavjudki, bular birinchi gal- 
da sheva tilida o'z aksini topadi. Shunday ekan, asarda 
tasvirlanayotgan hududga xos bo‘yoqlarni berish, unda 
harakatlanayotgan personaj xarakterini to'laqonli badiiy 
talqin etish uchun tabiiy ravishda dialektizmlardan foyda- 
lanish zarurati yuzaga keladi. Masalan, N.Eshonqulning 
«Urush odamlari» qissasi voqealari hozirgi Qamashi tu- 
manining Tersota qishlog‘ida, urushning oxirgi yilida ke- 
chadi. Avvalo, aytish kerakki, qissa bir o'qishdayoq o'quv­
chi ko'ngliga chippa yopishadigan, uni befarq qoldirishi 
mumkin bo'lmagan asarlardan. Albatta, qissada keskin 
dramatizmga yo'g'rilgan hayotiy holatning qalamga olin- 
gani, urush atalmish olamiy fojianing kichik bir qishloq ahli 
hayoti misolida akslantirilgani bunda hal qiluvchi ahami­
yatga ega. Ayni paytda, o'quvchining asar ruhiga kirishi
betakror fe’l-sajiyali tersotaliklarga hamdard-u hamnafas 
bo'lib qolishida uning tili ham g'oyat muhim. Qissani o'qi- 
ganda «xalq ruhi tilda aks etadi» degan gapning shuncha- 
ki lutf emasligiga amin bo'ladi kishi. Ilk sahifalarda eshi- 
tilgan - Normatning urushdan qaytishi munosabati bilan 
uyushtirilgan to'ychiqdagi yosh bolalar kurashi qo'zg'agan 
shavq-u tarafkashlik ifodasi bo'lmish luqmalar, pardali yo 
behayo ekaniga hukm qilishga shoshib qolinadigan tagdor 
hazillar-u qochirimlar- bari sodda samimiyatdan, xalqona- 
likdan darak. Kurashda g'olib bolakay qo'llagan usulning 
mana bu tarzda olqishlanishi haqida ham shunday deyish- 
ga to'la asos bor: «Halol! - baqirib yubordi Sharif chavan- 
doz. - Buni yiqitish deydi-da! Ukkag'ardi uli, chorjetim-ey, 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling