Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Eng dahshatli baqiriq - soqovning baqirigt
0 ‘, qanday kuch bilan baqirar qabrtoshlar...
Albatta, bu o'rinda metaforaning ma’nosi turlicha tushu- 
nilishi, u o'quvchilar ongida bir-biridan farqli assotsiatsi- 
yalarni uyg‘otishi mumkin ekani tabiiy. Biroq har qanday 
holatda ham parchadagi birinchi misra ikkinchisining ang- 
lanishiga, metaforik mazmunning yuzaga chiqishiga asos 
bo'ladi. «Soqovning baqirig‘i»dagi dahshatli jihat shuki, uni 
kamdan kam odam eshitadi, eshita oladi. Shunga o'xshash, 
aslida, qabrtoshlar ham bizni juda ko'p narsalardan ogoh 
etib turadi, faqat ularning baqirig'ini biz doim ham «eshitol- 
maymiz». Baqirig'ini yonidagi odam eshitmayotganini bilib 
turgan soqovning holatini tasavvur qilasiz-da, bizni ogoh 
etib unsiz baqirayotgan qabrtoshlar, ular ortidagi o'tgan- 
lar ruhini tasavvur etasiz. Ayni shu nuqtada she’r dilingizni 
titratadi, boshda tushunarsizdek ko'ringan satrlar qatidagi 
ma’no ongingizga o'chmas bo'lib muhrlanadi.
Atoulloh Husayniy uqtiradiki: «Aqllig' jondorlardin o'zga 
tilsiz hayvonlar, o'sumluklar, jismlarga xitob va alarning 
orasidagi tig'-u qalam, kun-u tun, sham’-u gul munozaralari
280


yanglig1 shoirlar yaratgan munozaralar ham istiora qabi- 
lidindur».1 Ya’ni olim ko'chimlarning bir guruhi mohiyatan 
metaforaga yaqin ekanligini ta’kidlaydi. Zamonaviy ada­
biyotshunoslikda ham Atoulloh Husayniy sanagan jon- 
lantirish (antropomorfizm), tashxis (personifikatsiya) va 
allegoriya (majoz) metafora guruhiga kiruvchi ko'chimlar 
sifatida e’tirof etiladi.
Badiiy nutqda keng va faol qo'llanuvchi ko'chim turlari- 
dan yana biri metonimiyadir. Metonimiya (gr. «o'zgacha 
nomlash», «boshqa narsa orqali atash») usulida ma’no 
ko'chganida narsa-hodisalar o'rtasidagi aloqadorlik asos 
qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha ko'rinishlarda namo­
yon bo'lib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan 
ular egallagan joy («stadion hayqirdi», «shahar bosh 
ko'tardi»), vaqt («og‘ir kun», «omadli yil»); harakat bilan 
u amalga oshiriladigan vosita («achchiq til»); narsa va 
uning egasi, yaratuvchisi («Fuzuliyni o'qimoq»); narsa va 
u yasalgan modda, xomashyo («barmoqlari to'la tilla»); 
ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi («ko‘z yum- 
moq») kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda 
uzoq davrlar mobaynida metaforik tafakkur yetakchilik qil- 
gan, shu bois ham metonimiya nisbatan kamroq uchragan 
bo‘lsa, zamonaviy adabiyotda - badiiy proza maqomining 
yuksalishi bilan bog'liq holda - metonimiya ham faollash- 
gan. Badiiy-estetik funksiyadorligi, ta’sir kuchi jihatidan 
metonimiyaning metaforadan quyiroq turishini ko'pchilik 
mutaxassislar e’tirof etadilar. Shunday bo‘lsa-da, badiiy 
matnda, ayniqsa, metafora bilan yondosh qo'llangan holda 
u katta badiiy samara beradi, fikrni lo'nda va ta’sirli ifoda- 
lashga xizmat qiladi. Misol uchun A.Oripovning «Bahor» 
she’ridan olingan «Qaydadir yurtini eslab ingrar nay» sat- 
rini olib ko'raylik. Cholg'u asbobi orqali kuy ma’nosining 
berilishi - metonimiya, biroq bu ma’no «ingrar» metaforasi
1 Ko'rsatilgan asar. - Б.220.
281


bilan qo'shilgan holda ifodalanadi, shu tufayli ham kuch­
li badiiy samara beradi. Yoki «Faryod chekkanim yo'q el 
ichra taqir, 0 ‘ch ham olganim yo‘q na qalamimdan» satr­
larida ham yana vosita orqali jarayon nazarda tutiladi va 
u ham «o‘ch olmoq» metaforasi bilan baqamti qo'llanadi. 
Bu ikkisining birligida esa «butun vujudim bilan ijodga beri- 
lib g'amlarimni unutishga harakat qilmadim» degan ma’no 
ifoda etiladi va, muhimi, metonimiya mazmunni obrazli, 
ta’sirli ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vo­
sita -- harakat aloqasi asosidagi ko'chimni ko'rgan bo'lsak, 
U.Azimning «Ko‘zlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yara- 
dor. Falak, unga najot yubor, 0 ‘lim, bo‘lma xaridor» satr­
larida joy metonimiyasini ko'ramiz. Zero, bundagi «falak» 
so'zi tafakkurimizda o'rinlashgan ishonch asosida «varat- 
gan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nima- 
ni ko‘ribsan, ey Rim?» satrida ham joy nomi orqali unda 
yashovchilar ma’nosi ifodalanadi. Ba’zi hollarda obrazni 
yaratishda metafora va metonimiyaning qorishiq holda ke- 
lishi, birgina so'zning ham metonimik, ham metaforik asos- 
dagi ko'chma ma’nolari qo'llanishi kuzatiladi. Shu jihatdan 
Sh.Rahmonning quyidagi she’riga diqqat qilaylik:

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling